Gabriel García Márquez
Gabriel García Márquez | |
Gabriel Garsiya Markez | |
![]() | |
Tavallud sanasi: | 6-mart 1927-yil |
---|---|
Tavallud joyi: | ![]() |
Vafot sanasi: | 17-aprel 2014-yil (87 yoshda) |
Vafot joyi: | ![]() |
Kasb: | Yozuvchi, senarist, muxbir |
Yoʻnalish: | Sehrli realizm |
Janr: | Romanchilik, hikoyanavislik |
Magnum opus: | Yuz yil tanholikda, Polkovnikka hech kim yozmaydi |
Mukofot: | ![]() |
Gabriel García Márquez (talaffuzi: Gabriel Garsia Markes; 6-mart, 1927, Arakataka - 17-Aprel, 2014, Mexiko shahri) kolumbiyalik yozuvchi, „El Espectador“ gazetasining Bogota va Yevropadagi muxbiri boʻlgan. Dastlab ssenariylar yozgan. „Toʻkilgan yaproqlar“ (1955), „Polkovnikka hech kim yozmaydi“ (1958), „Gʻarazli soat“ (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, „Grande-Ona dafn marosimi“ (1962) toʻplamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. „Yuz yil tanholikda“ (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bagʻishlangan. „Vabo va muhabbat“ (1985) romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, oʻziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel Márquez'ning „Yuz yil tanholikda“ (1986) romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).
García Márquez 2014-yil 17-aprelida Mexikoda zotiljamdan vafot etdi.[1][2][3]
Manbalar[tahrir]
- ↑ "Ёзувчи Габриэль Гарсия Маркес вафот этди" kun.uz 18.04.2014 archived from the original on 2014-04-19 https://web.archive.org/web/20140419011636/http://kun.uz/2014/04/18/marquez-2/.
- ↑ Torres, Paloma (17 April 2014). "Gabriel García Márquez Dies: Famed Colombian Author And Nobel Laureate Dead At 87 From Pneumonia". Latin Times. http://www.latintimes.com/gabriel-garcia-marquez-dies-famed-colombian-author-and-nobel-laureate-dead-87-pneumonia-166280. Qaraldi: 17 April 2014.
- ↑ Castillo, E. Eduardo; Bajak, Frank (17 April 2014) "Garcia Marquez, Nobel Laureate, Dies at 87" Associated Press archived from the original on 2014-04-19 https://web.archive.org/web/20140419011740/http://hosted.ap.org/dynamic/stories/L/LT_OBIT_GARCIA_MARQUEZ?SITE=AP&SECTION=HOME&TEMPLATE=DEFAULT&CTIME=2014-04-17-17-38-00. Qaraldi: 17 April 2014.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Gabriel García Márquez haqida turkum mavjud |
![]() |