Samuel Beckett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Samuel Beckett

Samuel Beckett (1906.13.4, Dublin – 1989.22.12, Parij) — irlandiyalik shoir, dramaturg va romannavis; modernizm vakili. Ingliz va fransuz tillarida ijod qilgan. Dublindagi Triniti-kollejni tugatgan. 1937 yildan Fransiyada yashagan. "Tepishdan koʻra san-chish koʻproq" (1934) hikoyalar toʻpla-mi, "Qayroqlar sadosi" (1936) sheʼriy toʻplami hamda "Myorfi" (1938) roma-nini nashr ettirgan. "Gadoni kutib" (1952), "Oʻyin intihosi" (1957) va "Magnitofonning oxirgi tasmasi" (1959) kabi syurrealistik pyesalarida absurd dramasinnng gʻoyaviy uslubiy tamoyillari aks etgan. Ular qahramonlari hayotning bemaʼni, tuturiq-sizligini his qilib yashovchi va insoniyatning yaqinlashib kelayotgan halokati haqidagi oʻylar tufayli dahshatga tushib qolgan, ham maʼnaviy, ham jismoniy majruh kishilardir. "Molloy" (1951), "Malon oʻlyapti" (1951), "Nomsiz" (1953) romanlarida "ong oqimi" adabiyoti (Gʻarbiy Yevropa adabiyotida 20-asr boshidagi ijodiy tamoy-il — ruhiy-maʼnaviy hayot jarayonlarini bevosita, muallif ishtirokisiz aks ettirish) anʼanalari namoyon boʻlgan. "Halokat" (1982) pyesasida sanʼatkor erki haqidagi fikr ilgari surilgan. Nobel mukofoti laureati (1969)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil