Romain Rolland
Romain Rolland | |
---|---|
Tavalludi | 29-yanvar 1866[1][2][3] |
Vafoti | 30-dekabr 1944[4][1][2][3] |
Ijod qilgan tillari | Fransuz tili[1] |
Fuqaroligi | Fransiya |
Romain Rolland (1866.29.1, Klamsi — 1944.30.12, Vezle) — fransuz yozuvchisi, musiqashunos, jamoat arbobi. Dastlabki pyesalari Italiyaning Uygʻonish davri tarixiga bagʻishlangan. Lekin ular matbuotda chop etilmagan. Tarixiy mavzudagi "Eʼtiqod fojiasi" nomi bilan umumlashgan 3 pyesasida oʻz vatandoshlarini eʼtiqod, mardlik va ishonchga daʼvat qilgan. Rollandning Shekspir ruhida yozgan 2 tarixiy pyesasi (30 yildan soʻng yozgan) uchinchi — "Robespyer" bilan yakun topgan. "Jan-Kristof" (1 — 10 j.lar, 1904—12) romanepopeyasida Betxoven tipidagi daho musiqachining tarixi 20-asr boshlaridagi Yevropa madaniyati inqirozining realistik kartinasi fonida kursatilgan. "Kola Bryunon" qissasi (1914, nashri 1918) markazida erksevar mehnatkash xalq ustasi obrazi turadi. Rollandning keyingi ijtimoiy-siyosiy qarashlari "Maftunkor qalb" romanepopeyasi (1—4 j.lar, 1922—33)da aks etgan. L. Betxoven (1903), Mikelanjelo (1907), Lev Tolstoy (1911), Mahatma Gandi (1923) kabi buyuk kishilarning badiiy biografiyasini yozgan. Musikashunoslikka oid asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1915)[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil