Giorgos Seferis
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Giorgos Seferis | |
---|---|
Γιώργος Σεφέρης | |
![]() | |
Tavallud sanasi | 13-mart 1900[1] |
Vafot sanasi | 20-sentyabr 1971[1] |
Fuqaroligi | Yunoniston |
Asarlari tili | Yunon tili[2], Fransuz tili va Ingliz tili |
SEFERIS (Sepheres; Seferiadis) Georgos (1900.19.2, Izmir shahri — 1971.20.9, Afina) — grek shoiri. 1926—62 yillarda turli mamlakatlarda Gretsiyaning elchisi va konsuli boʻlib ishlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida Qarshilik koʻrsatish harakatining ishtirokchisi. Ilk sheʼriy toʻplami — "Strofalar" (1931 )da dabdabali ortiqcha soʻzlardan chekinib, aniqva tejamkor bandlar, murakkab pogʻonali qofiyalar va fransuz simvolistlarining obrazlilik uslublaridan foydalangan. "Afsonalardagi tarix" (1935), "Tajribalar kitobi" (1940), "1 vaxta jurnali" (1940), "2vaxta jurnali" (1955) sheʼriy toʻplamlari, "Sisterna" dostoni (1932) va boshqa asarlari S.ni erksevar xalq kuychisi sifatida tanitgan. Esselar ham yozgan. Nobel mukofoti laureati (1963).[3]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
![]() |