Yasunari Kawabata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yasunari Kawabata
Yasunari Kawabata
Yasunari Kawabata 1938.jpg
Tavallud sanasi 11-iyun 1899[1][2]
Vafot sanasi 16-aprel 1972[2]
Fuqaroligi Yaponiya
Asarlari tili Yapon tili[1]

Kavabata Yasunari (1899.11.6, Osaka shahri — 1972.16.4, Dzusi) — yapon yozuvchisi. Yapon sanʼat akademik aʼzosi (1953). 20-yillarda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari — "Idzunlik oʻyinchi" (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. K.ning oʻziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuygʻulardan iborat "Qorli oʻlka" (1937) qissasida namoyon boʻlgan. Sanʼat darajasiga koʻtarilgan qad. urf-odatlar — choy bilan bogʻliq udum "Ming qanotli turna" (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. "Togʻlar nolasi" (1953), "Eski poytaxt" (1961) romanlari ichki lirizm bilan sugʻorilgan, "Uyqudagi nozaninlar" (1961) qissasi yolgʻiz qolgan keksa inson hayoti haqida. K. bir qator esselar ("Goʻzallikning yaratilishi va mavjudligi" va boshqalar) muallifi. "Uyqudagi nozaninlar" qissasi oʻzbek tiliga tarjima qilingan (2001 yil, tarjimon Uchqun Nazarov). Nobel mukofoti laureati (1968).[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil