Iosif Brodskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iosif Brodskiy
Tavalludi 24-may 1940[1][2]
Vafoti 28-yanvar 1996
Ijod qilgan tillari Ingliz tili va Rus tili[1]
Fuqaroligi SSSR, AQSh[3], va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar

Iosif Aleksandrovich Brodskiy (24-may 1940, Leningrad — 28-yanvar 1996, New York shahri) — rus shoiri. Ijodiy faoliyati 60-yillarda boshlangan. 1962—64 yillarda turli ayblar bilan qamalgan va surgun qilingan. Ammo Anna Axmatova, Samuil Marshak, Dmitriy Shostakovich singari mashhur kishilarning saʼy-harakati bilan 1965-yil surgundan ozod etilgan. Siyosiy tuzumga nomaqbul shaxs sifatida 1972-yilda Sovet davlati hududlaridan chiqarib yuborilgan; 1974-yildan AQShda yashagan. "Sahrodagi bekat" (1967), "Kurkam davr intihosi" (1972), "Uraniya" (1987), "Oʻgit" (1990) va boshqa sheʼriy tuplamlari xorijda nashr etilgan. Bu tuplamlarda yolgʻizlangan kishi bilan bir kam dunyo Urtasidagi ziddiyatlar kinoyaviykutarinki uslubda aks ettirilgan. B. sheʼriyatidagi voqelikni uziga xos benazir tarzda idrok va tasvir etish, antik davr sheʼriyatidagi badiiy shakllardan samarali foydalanish — shoir novatorligining mohiyatini tashkil etadi. B.ning ingliz va qisman rus tillarida eʼlon qilgan sheʼr, pyesa va publitsistik maqolalari Gʻarb adabiyoti hodisasi sifatida maydonga kelgan. Nobel mukofoti laureati (1987).[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]