Pär Lagerkvist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Pär Lagerkvist
Pär Lagerkvist
Lagerkvist.jpg
Tavallud sanasi 23-may 1891[1][2]
Vafot sanasi 11-iyul 1974[1][2]
Fuqaroligi Shvetsiya
Asarlari tili Shved tili[1]

LAGERKVIST (Lagerkvist) Per Fabian (1891.23.5, Vekshyo - 1974.11.7, Stokgolm) — shved yezuvchisi va dramaturgi. Shvetsiya akademik (1940). "Temir va odam" (1915) novellalari, "Qoʻrquv" (1916) sheʼriy toʻplamlari va "Kayfiyat" (1919) asarida simvolizm taʼsiri seziladi. L. ijodda yangilikka intilib, nazm va nasrda shakliy kashfiyotlar yaratish yoʻlidan borgan. Uning "Oxirgi inson" (1917), "Mangu tabassum" (1920), "Koʻrinmas odam" (1923) dramalarida Birinchi jahon urushining dahshatlari, inson boshiga tushgan fojealar aks ettirilgan. "Yovuz sagalar" (1924) satirik toʻplam va "Bu dunyo mehmoni" (1925) avtobiografik qissasida turmush haqiqati yorqin ifodalangan. "Jallod" (1933), "Pakana odam" (1944) qissalari, "Ruh" (1937), "Qoʻshiq va jang" (1940) sheʼriy toʻplamlari yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash ruhida. "Varavva" (1950) romanida qahri qattiq qaroqchining tarixi misolida odam Xudoni tanishi va iymonga kelishi haqida soʻz yuritilgan. L. Injil mavzulari asosida yaratilgan "Sivilla" (1956), "Agasferning oʻlimi" (1960), "Muqaddas yer" (1964), "Mariamna" (1967) va boshqa qissalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1951).[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil