Maurice Maeterlinck

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maurice Maeterlinck
Maurice Maeterlinck
Picture of Maurice Maeterlinck.jpg
Tavallud sanasi 29-avgust 1862[1][2]
Vafot sanasi 6-may 1949[2]
Fuqaroligi Belgiya
Asarlari tili Fransuz tili[1]

Maurice Maeterlinck (1862.29.8, Gent - 1949.5.5, Nitssa, Fransiya) — belgiyalik shoir, dramaturg , faylasuf. Absurd teatrning asoschilaridan biri. Fransuz tilida ijod qilgan. 1896 yildan Fransiyada yashagan. Ijodini ocherknavis, tanqidchi va shoir sifatida boshlagan. Uning ramzli sheʼriyatida naturalizmniig sof moddiy qiziqishlariga qarshi norozilik kayfiyatlari aks etgan. "Issiqxonalar" (1889), "Oʻn ikki qoʻshiq" (1896) kabi sheʼriy toʻplamlari simvolistik ruada. "Malika Malen" (1889), "Koʻrlar" (1890), "Yetti malika" (1891), "Peleas va Melisanda" (1892), "Rohiba Beatrisa" (1900), "Vanna xonim" (1902), "Humo" (ertak-drama, 1905), "Koʻk qush" (1908) va boshqa dramalari insonga, uning ochlik, qash-shoklik, urushga qarshi kurashda mu-vaffaqiyatiga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan. M. "Bolarilar hayoti" (1901), "Gullar akli" (1907), "Chumolilar hayoti" (1903) kabi falsafiy asarlarida inson hayotining maʼnaviy, axloqiy muammolarini tilga olgan. "Termitlar hayoti" (1926) asarida timsollar vositasida kommunizm va totalitarizm satira qilingan. M. Ikkinchi jahon urushi davrida Amerikada yashagan va "Shodon xotiralar" (1948) kitobini yozgan. Nobel mukofoti laureati (1911).[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil