Johannes V. Jensen
Johannes V. Jensen | |
---|---|
Tavalludi | 20-yanvar 1873[1][2] |
Vafoti | 25-noyabr 1950[3][1][2] |
Ijod qilgan tillari | Dan tili[4] |
Fuqaroligi | Daniya[5] |
Yoxannes Vilgelm Jensen (1873.20.1, Farse, Yutlandiya — 1950.25.11, Kopengagen) — Daniya yozuvchisi. Jensenning ilk romanlari "Daniyaliklar" (1896) va "Eynar Elker" (1898). "Ximerland tarixlari" (1898— 1910) hikoyalar toʻplamida Y. Shimoliy Yutlandiya tabiati, aholisining turmushini tasvirlagan. "Qirolning qulashi" (1—3-qismlar, 1900—01) tarixiy romani oʻrta asrdagi Daniya dehqonlarining ijtimoiy adolat uchun kurashi toʻgʻrisida. Y. gotik irq deb atalmish irqqa qayta hayot baxsh etishni targʻib qildi. Yozuvchining irqiy-biologik nazariya bilan qiziqishi "Olis yoʻl" epopeyasida oʻz ifodasini topdi (1—6-qismlar, 1908—22) va shu asari uchun Y. Nobel mukofoti laureati buldi (1944). "d.’Ora xonim" (1904) va "Gʻildirak" (1905) romanlarida kapitalistik Amerika hayotiiing haqqoniy manzaralari berilgan. Jensen "Sheʼrlar" (1906), "Afsonalar" (1907—44), "Yillar daqiqasi" (1923), "Yutlandiya shamoli" (1931) tuplamlari muallifi. Jensen ijodiga realizmni modernistik uslub bilan uygʻunlashtirish xos. [6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil