José Echegaray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Echegarayi-eysagirre Xose (1832.19.4 — Madrid —1916.16.9) — ispan dramaturgi. Mat. va fizika prof. (1854—68). Ispaniya qirollik akademiyasi aʼzosi (1884). Dastlab siyosiy faoliyat bilan shugʻullangan. 1868 yil ijtimoiy ishlar vaziri, bir yildan soʻng savdo vaziri boʻlgan. Ispaniya parlamentiga sailangan. Adabiy faoliyat bilan shugʻullana boshlagach yaratgan ilk pyesalari: "Qilich dastasida" (1875), "Oʻlim quchogʻida" (1879) — romantizmning ispan dramaturgiyasidagi oʻziga xos qayta tiklanishidir. E. hozirgi hayotni tasvirlovchi realistik pyesalari ("Telbalik va avliyolik", 1877; "Buyuk Galeoto", 1881)da oʻsha davr aristokratiyasi axloqini fosh qiladi, naturalistik dramaning asosiy qoidalarini asoslab beradi. Uning "Don Juanning oʻgʻli" (1892), "Aqldan ozgan xudo" (1900) kabi psixologik dramalarida norveg dramaturgi G. Ibsenning taʼsiri sezilib turadi. Jami 60 ta pyesa yozgan, ularning yarmi nazmda bitilgan. Nobel mukofoti laureati (1904)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil