Derek Walcott
Derek Walcott | |
---|---|
Derek Alton Walcott | |
![]() | |
Tavallud sanasi | 23-yanvar 1930 |
Vafot sanasi | 17-mart 2017[1] |
Fuqaroligi | Saint Lucia |
Asarlari tili | Ingliz tili[2] |
Derek Walcott (1930, Trinidad oroli, Sent-Lyusiya shahri) — trinidadlik shoir, dramaturg. Ingliz tilida ijod qiladi. Madaniy belgi — ramzlarga boy majoziy va ayni paytda mazmuni yaqqol sezilib turadigan sheʼriyatida ["Kema halokatiga uchragan" (1965), "Dengiz tomchilari" (1976), "Yoz oʻrtasi" (1984) sheʼriy toʻplamlari bosh qahramon — yangi Odam Ato (mustamlaka qulligidan 4 asr keyin) hozirgi sivilizatsiya zavol topayotgan bir davrda yana qayta oʻzligini topishga urinadi ("Ulkan uy xaro-balari" sheʼri). Hozirgi zamonni yangicha epik (ulugʻvor holda) his etish va shu orqali undagi buyuk va oʻtib ketgan madaniyatlar qatlamlarini oʻzaro farqlash U. sheʼriyatining oʻziga xos xususiyatidir ["Oʻzga hayot" (1973) avtobiografik dostoni, "Odamli yoʻlovchi" (1982) toʻplami]. U.ning koʻp yillik izlanishlarini umumlashtiruvchi "Yangi Omir" dostoni (1990)ni madaniy taraqqiyotning oʻziga xos lirik tahlili deyish mumkin. "Nogaralar va bayroqlar" (1958), "Maymuntogʻdagi tush" (1968) va boshqa pyesalar muallifi. Tarixiy mavzulardagi sheʼriy asarlari uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1992)[3].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |