Toni Morrison

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Toni Morrison (1932, AQSH) — amerikalik yozuvchi. Dastlabki 2 romani — "Koʻk koʻzlar" (1970) va "Sula" (1974), shuningdek, maishiy mavzudagi "Sulaymon qoʻshigʻi" (1977) romani mashhur. Unda bir qoratanli avlodining 100 yildan ortiqroq davrdagi hayoti misolida umuman amerikalik qoratanlilarning milliy oʻz-oʻzini anglash jarayoni yoritilgan. "Sula" (1974) romani hayotning jabru sitamlari va ishqdagi yolgʻizlikni yengishga urinish, mutelik va qatiylik haqida. "Qoramoy surtilgan qoʻriqchi" romani (1981) da qoratanlilar muammosiga doir hozirgi nuqtai nazarlar aks ettirilgan. "Maʼshuqa" (1987) asarida oʻtmish bilan zamonaviy sahnalar uygʻunlashtirilgan boʻlsa, "Jaz" (1992) asarida 1920-yillardagi ijtimoiy hayot, bu davrning oʻziga xos "shamoli" va yolgʻizlikdagi ruhiy holatlar moqirona tasvirlangan. Nobel mukofoti laureati (1993).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil