Ivan Bunin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ivan Bunin
Tavalludi sanasi 10-oktabr 1870-yil(1870-10-10)
Tavallud joyi Voronej
Vafot sanasi 8-noyabr 1953-yil(1953-11-08)
(83 yoshda)
Vafot joyi Parij

Ivan Alekseyevich Bunin (1870.10 (22) 10, Voronej 1953.8.11, Parij) — rus shoiri. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademik (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz sheʼriyati anʼanalarining davomchisi ("Xazonrezgi", toʻplam, 1901). Hikoya va povestlarida (koʻpincha oʻtmishni qoʻmsash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi ("Antonov olmalari", 1900), qishloqning ogʻir qismati ("Qishloq", 1910; "Qaqragan vodiy", 1911), turmush maʼnaviy asoslarini unutishga mahkumlik fojiasi ("Sanfransiskolik janob", 1915) yaqqol tasvirlangan. Kundalik tarzidagi "Badbaxt kunlar" (1918 yil, 1925 yilda nashr etilgan)da Oktabr toʻntarishi keskil rad etilgan; Rossiyaning oʻtmishini tiklash, adibning oʻz bolalik va yoshligiga qaytish kayfiyatlari aks etgan. Sevgi haqidagi hikoyalarida ("Mityaning sevgisi", 1925); "Qorongʻi xiyobonlar" (1943) kitobida insoniyat taqairining fojiaviyligi qalamga olingan. B. memuarlar yozgan. G. Longfelloning "Gayavata haqida qoʻshiq" (1896) asarini tarjima qilgan. Nobel mukofoti laureati (1933)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil