Bjørnstjerne Bjørnson
Qiyofa
Byornstyerne Byornson | |
---|---|
Tavalludi | 8-dekabr 1832 |
Vafoti | 26-aprel 1910 |
Ijod qilgan tillari | Norveg tili va Dan tili |
Fuqaroligi | Norvegiya |
Byornstyerne Martinius Byornson (norvegcha: Bjørnstjerne Martinius Bjørnson; 1832.8.12, Kvikne — 1910. 26.4, Parij) — norveg yozuvchisi, jamoat va teatr arbobi. Norveg milliy dramaturgiyasi va adabiy tanqidchiligi asoschisi. Bergendagi Norveg teatri (1857—58) va Kristianiya teatri (1865—67)ga rahbarlik qilgan. Tarixiy-ijtimoiy dramalar ("Janglar orasida", 1858; "Yovuz Sigurd", 1862; "Mariya Styuart, Shotlandiya qirolichasi", 1864; "Irodamizdan tashqari", 1883—95), povest ("Syunneve Sulbakken", 1857; "Baliqchi ayol", 1868 va boshqalar), sheʼrlar, shu jumladan Norvegiya gimni muallifi. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1903)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |