Claude Simon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Claude Simon (1913.10.10, Madagaskar oroli Antananarivu sh.) — fransuz yozuvchisi. Fransuz romanchiligiga estetik jihatdan yangicha ruh olib kirgan adiblardan sanaladi. Zobit boʻlgan. Ikkinchi jahon urushida asirga tushgan, u yerdan qochib, Qarshilik koʻrsatish harakatiga qoʻshilgan. Birinchi romani — "Muttaham" (1945). Keyingi romanlari ("Tarang ip", 1947; "Gulliver", 1952; "Mansabga koʻtarish", 1954; "Shamol", 1957) avtobiografik motivlarda yozilgan. S urush yillarida fransuz rassomi Raul Dyufi bilan tanishib, umri davomida uning nasihatlariga amal qilgan. Asarlarini ham rassomlarning "kollaj" usulida yozib, yozuvchi oʻzi uchun kitobni "kartina sifatida yozish lozim, holbuki, har bir kartina — eng avvalo kompozitsiya", degan qoida kashf qilgan. "Farsaldagi jang" (1969) romani munaqqidlar tomonidan "yangicha roman" deb qabul qilingan. "Triptix" (1973) romani ochiq shahvoniy yoʻnalishda yozilgan. "Buyumlar sabogʻi" (1975) romanining tili murakkab boʻlib, S tajriba kompozitsiyasidan foydalangan. S.ning "Muqaddas bahor" (1954), "Maysa" (1958), "Flandriya yoʻllari" (1960), "Mehmonxona" (1962), "Tarix" (1967), "Ibratli dars" (1976), "Georgiklar" (1981) kabi romanlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1985).[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil