Gerhart Hauptmann
Qiyofa
| Gerhart Hauptmann | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi | 15-noyabr 1862[1] |
| Vafoti | 6-iyun 1946[2][1] |
| Ijod qilgan tillari | Nemis tili |
| Fuqaroligi | Prussiya qirolligi va Veymar Respublikasi |
Gerhart Hauptmann (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946-yil, 6-iyun, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchilardan. Ilk ijodida ijtimoiy tanqid, biologiya qonuniyatlarini mutlaqlashtirish ("Kun chiqish oldidan", 1889; "Roza Bernd", 1903; "Kun botish oldidan", 1932, dramalar) sezilarli darajada boʻlsa, keyinroq ramziy ("Choʻkkan qoʻngʻiroq", 1896, drama-ertak), tasavvufga moyil boʻlgan. "Toʻqimachilar" (1892) dramasi Sileziya toʻqimachilari qoʻzgʻoloni haqida. "Qishki ballada" (1917), "Xaloskor Beliy" (1920), "Indipodi" (1920) dramalari, "Buyuk Ona orol" (1924), "Yoshlik davrim sarguzashtlari" (1937) va b. romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1912)[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |