Chiang Kai-shek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Chiang Kai-shek

Chan Kayshi (Szyan Szeshi) (1887.31.10, Finxua, Chjetszyan viloyati — 1975.5.4, Taybey) — Xitoydagi gomindan maʼmuriyatining rahbari (1927 yildan). Baodin va Tokiodagi harbiy akademiyalarni tugatgan. 1927 yil 12 aprelda harbiy toʻntarish qilib mamlakatda diktatorlik tuzumini oʻrnatgan. 1931 yildan Gomindan (millatchi) partiyasi rahbari, Ikkinchi jahon urushida Yaponiya taslim boʻlgach, Xitoy kommunistik partiyasining koalitsion hukumat tuzish haqidagi taklifini rad etib, mamlakatda fuqarolar urushini boshlab yuborgan (1946, iyun). 1949 yil oxirida Tayvanga qochgan va u yerda gomindanchilar hukumatini tuzgan.