Grazia Deledda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Grazia Maria Cosima Damiana Deledda (27-sentabr 1871, Nuoro, Sardiniya — 15-avgust 1936, Rim) — italyan adibasi. Ijodi 19-asr oxirida italyan adabiyoti, operasi va tasviriy sanʼatida vujudga kelgan realistik yoʻnalishning verizm oqimiga yaqin. Deledda roman va qissalari Sardiniya dexdonlari va baliqchilari hayotiga bagʻishlangan ("Sardiniya hikoyalari", 1894). Deleddaning "Elias Portolu" (1903), "Kul" (1904), "Vatan sogʻinchi" (1905), "Ona" (1920) asarlari ruhiy kechin-malarga boy, oʻzi tugʻilgan joy tabia-tini lirik tasvirlagan. Nobel mukofoti laureati (1926).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "DELEDDA (Deledda) Gratsiya" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil