Giosuè Carducci
Giosuè Carducci | |
---|---|
Giosuè Carducci | |
![]() | |
Tavallud sanasi | 27-iyul 1835 |
Vafot sanasi | 16-fevral 1907[1] |
Fuqaroligi | Kingdom of Italy |
Asarlari tili | Italyan tili[1] |
Imzo |
![]() |
Giosuè Carducci (1835.27.7, Toskana, Valdikastello — 1907.16.2, Bolonya) — italyan shoiri, adabiyotshunos. Ilk ijodi Italiyani birlashtirish gʻoyalari bilan sugʻorilgan ("Yoshlik sheʼrlari", 1860; "Yengil mashaqqat", 1860). Carducci 19-asrning 60-yillarida milliyozodlik harakati rahbarlari J. Madzini va J. Garibaldi tarafdorlari safida boʻlgan. Keyinchalik Birlashgan Italiya harakatining faol aʼzosiga aylangan. "Shayton huzuriga" (1863) dostoni, "Yamblar va epodlar" (1882) va b. sheʼriy toʻplamlarida Italiya ozodligi yoʻlida kurashgan jangchilar jasorati aks ettirilgan. "Yangi sheʼrlar" (1861—87), "Yovvoyilik qasidalari" (1877—93) sheʼriy asarlarida mavjud voqelik tasviri hamda antik adabiyotga xos koʻtarinki ruh ustunlik qiladi. K. Dante, Petrarka, Bokkachcho va b. haqidagi ilmiy maqolalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1906).[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |