Theresa May

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Theresa May
Theresa Mary May
Theresa May
Bayroq
76-й Birlashgan Qirollik Bosh vaziri
Bayroq
Oʻtmishdoshi: David Cameron
 
Dini: Anglikanizm
Tavalludi: 1-oktabr, 1956 (1956-10-01)(60 yosh)
Istborn, Birlashgan Qirollik
Partiyasi: Konservatorlar partiyasi

Theresa Mary May (oʻzb. Tereza Meri Mey, qizlik familiyasi Brasier, 1-oktabr 1956, Eastborn, Sharqiy Susseks, Buyuk Britaniyada tugʻilgan) — britaniyalik siyosatchi, Buyuk Britaniyaning 76-bosh vaziri (13-iyul 2016-yildan boshlab). Konservatorlar partiyasining 11-iyul 2016-yildan beri rahbari, Ayyolar ishi va teng huquqligi boʻyicha vazir (2010 - 2012) va ichki ishlar vaziri (2010-2016) boʻlgan. 1997-yildan Jamoalar palatasi aʼzosi. Buyuk Britaniya tarixida ayol sifatida ikkinchi bosh vazir (Margaret Thatcherdan keying).

Hayoti[tahrir]

Yoshligi[tahrir]

Oksford universitetini geografiya bakalavr darajasi boʻyicha tamomlagan. Universtiteni tamomlagandan soʻng 1977 yildan 1983 yilgacha May Angliya Bankida ishlagan. Shuningdek 1985 yildan 1997 yilgacha moliya maslahatchisi va xalqaro ishlar kliring toʻlovlari boʻyicha maslaxatchi boʻlib ishlagan[1].

Siyosiy mansabi[tahrir]

1986 — 1994 yillari London Boro Mertonida deputat boʻlgan. 1992-yili parlament saylovlarida North West Durham okrugidan va 1994-yili muddatidan oldin [[:en:Barking (UK Parliament constituency) |Barking]] okrugidan saylovda qatnashgan, ammo parlamentda joy olmagan.

1997-yilda Jamoalar palatasida birinchi marotaba Maidenhead va Berkshire okruglaridan saylangan va shu vaqtdan qayta saylanib kelgan.

1997—2002 yillari koservatorlar hukumatoda har xil lavozimlarni egalab kelgan. 2002-yilda May birinchi marta ayyol sifatida Koservatolar partiyasining raisi boʻldi.

2003—2005 yillari transport vaziri va bir vaqtda oziq-ovqat va ekologiya vaziri bolʻgan. 2005-yili maydan dekabrgacha madaniyat vaziri, OAV va sport vaziri boʻlgan. 6-dekabr 2005-yili Jamoalar palatasining rahbari boʻlgan. 2009—2010 yillari ish va pensiya vaziri boʻlgan.

2010-yilgi saylovlardan soʻng ichki ishlar vaziri boʻlgan va bir vaqtda Ayyolar ishi va teng huquqligi boʻyicha vaziri boʻlgan. Shu lavozimda May bir jinsli oilalarga bir xil huquqlarga ega bolishi kerak deb aytgan va shu bilan u yuqori darajali Britaniya siyosatchilari aynalgan. U ochiq bir jinsli oilalarni qullab-quvatlagan[2] [3].

Jamoalar palataida May Iroq urushida qatnashish uchun ovoz bergan, iqlim oʻzgarishi boʻyicha qonunlar chora koʻrishiga, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga birlanishi, jamoa joylarida chekish ruhsat berilishi, geylarga bolalarni oʻgil qilib olishga qarshi chiqqan[4] [5] [6][7].

Konservatorlar partiyasiga rahbarni saylash[tahrir]

2016-yilgi Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi referendumida May David Cameronni qoʻlab quvvatlagan va Brexitga qarshi boʻlgan. Ammo referendumda evroskeptiklar gʻalaba qozongandan soʻng va David Cameron istʻefoga chiqgandan keying, May Konservatorlar rahbari boʻlish uchun oʻzining nomzodini qoʻyib Birlashgan Qirollik Bosh Vaziri boʻldi[8].

5-iyul 2016-yili Theresa May birinchi bosqichdagi parlametariya-konservatorlar saylovida 165 ovoz toʻpladi. 7-iyulda konservatorlar partiyasi rahbari boʻlishi uchun ikkta ayyol finalga chiqda va Theresa May 199-ovoz toʻpladi Andrea Leadsom esa 84-ovoz toʻpladi. Bundan keying Theresa May bosh vazir nomzodi lavozimida boʻlishi mumkin boʻldi.

11-iyul 2016-yili Leadsom oʻz nomzodligini toʻxtatdi va May bir oʻzi nomzodligda qoldi. Biroz oʻtib u Konservatorlar partiyasi rahbari boldi. David Cameron 13-iyulda oʻz lavozimini Mayga berishi haqida aytdi. Yelizaveta II Cameronning isteʻfoga chiqishini tasdiqladi va Theresa Mayni bosh vazir deb eʻlon qildi. May oʻzining roziligini berdi va u Birlashgan Qirollikni bosh vaziri boʻldi.

9-iyun 2017-yili Parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasi Theresa May rahbariyatchiligida Birlashgan Qirollik Parlamentida koʻp joylarni yoʻqotdi. Partiya rahbariga qirolichaga borishga majbur boʻldi va qirolichadan yangi kabinet tuzishni ruhsat soʻradi. Konservatorlar partiyasi saylovlarda ozgina uztunlik bilan gʻalaba qozondi. Albatta oson boʻlmagan yangi koalitsiya tuzilishi boʻyicha muzokoralar boʻladi. Leyboristlar va Liberal-demokratlar Theresa Mayning isteʻfoga chiqishini xohladi. Leyboristlar rahbari Jeremy Corbyn bu saylovda oʻzining partiyasi gʻalaba boʻldi deb aytdi. 29-iyun 2017-yili Theresa May isteʻdoga chiqishi toʻgʻrisida xabarlar paydo boʻldi va bu lavozimda uni Philip Hammond almashtirishi mumkin.

Shaxsiy hayoti[tahrir]

1980-yildan Philip May turmush ortogʻi, u 2016-yildan Capital Group Companies ishlaydi. Bolalari yoʻq.

Sogʻligʻi[tahrir]

2012-yili Theresa Mayda Qandli diabetning 1-turi aniqlangan. U har kuni insulin qabul qilishi majbur[9].

Manbalar[tahrir]