Eugene O'Neill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʼnil Yujin Gladstoun

O’NIL (O’Neill) Yujin Gladstoun (1888.16.10, Nyu-York - 1953.27.11, Boston) — amerika dramaturgi. Adabiy faoliyatini 1912 yil sheʼrlar yozish bilan boshlagan. 1914 yilda "Tashnalik" va boshqa bir pardali pyesalar toʻplami chop etilgan. 1916 yilda "Kardiffdan Sharq tomonga" pyesasi sahnalash-tirilgan. Realizm va ekspressivlik, ramz va mubolagʻa uygʻunlashib ketgan pyesalarida inson turmushining ziddiyatli tomonlari tasvirlangan. O’N. asarlarining asosiy mavzulari: ezgu orzu-umidlarning kundalik, turmush tashvishlari bilan fojiali darajada mos kelmasligi ("Ufq ortida", 1920); boylik toʻplashga intilishda va unga erishish yoʻlida odamiylik hislatlarining yoʻqola borishi ("Shoir qalbi", 1957); irqiy ziddiyatlar ("Xudoning barcha bandasida qanot bor", 1924); avlodlar urtasidagi fojiali nizolar ("Uzun kun tunga ulanadi", 1956); shaxening insoniylik mohiyatidan uzoklashuvi ("Boyroq qasrlar", 1939) va boshqa Monumental afsonaviy va majoziy tragediyalari bor ("Motam — Elektraning qismati", 1931; "Muz tashuvchi yaqin kelmokda", 1946). Nobel mukofoti laureati (1936)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil