William Pitt-katta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pitt Uilyam Katta, graf Chatam (Chatham) (1708-1778) - Buyuk Britaniya bosh vaziri (1766—68), davlat va siyosiy arbobi, diplomat. Jamoalar palatasi aʼzosi (1735—66), bosh gʻaznachi (1746—55); tashqi ishlar vaziri va harbiy vazir (1756—61). Fransiyaga qarshi kurash tashkilotchilari rahbarlaridan biri. 1756—63 yillarda boʻlib oʻtgan Yetti yillik urush davrida Britaniya siyosatiga boshchilik qilgan va pirovardida Buyuk Britaniya Fransiyaning savdosi, dengizdagi kuchlari va mustamlakachiligiga kuchli zarba bergan. 1766 yildan boshlab lordlar palatasi aʼzosi. Siyosiy va diplomatik doiralarda nufuzi yuqori boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil