BBC

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
British Broadcasting Corporation (BBC)
BBC.svg
Turi Ijtimoiy tarqatuv
Asos solingan yili 18-oktabr 1922
Prezidenti Chris Patten
Asoschilari John Reith
George Villiers
Joylashuvi London, Angliya
Muhim shaxshlar Tony Hall (bosh direktor)
Tarmog`i Butunjahon
Mahsulotlari Tele-, radio- va veb-axborot
YAM £5,086 milliard (2011/12)[1]
Ishchilar soni 23 000 (2011/12)
Vebsayti bbc.co.uk bbc.com

British Broadcasting Corporation (inglizchadan tarjimasi: Britan Tarqatuv Korporatsiyasi), qisqartmasi: BBC (talaffuzi: Bi-Bi-Si) Buyuk Britaniya ijtimoiy tarqatuv korporatsiyasidir.[2] Birlashgan Qirollikda radioeshittirish olib borish uchun tuzilgan. 23 ming nafar xodimi bilan jahondagi eng yirik tarqatuvchi boʻlib turipti.[3][4][5] BBC shtab-kvartirasi Londondagi Broadcasting House binosida joylashgan.

1927 yil Londonda tashkil etilgan. 5 dastur (siyosat, iqtisod, biznes, madaniyat va sport) bo‘yicha radioeshittirishlar berib boriladi; 1936 yildan 2 kanal bo‘yicha teleeshittirish ham (umumiyommabop va madaniyma’rifiy sohalarda) beriladi. Chet elga eshittirishlar (BiBiSi Umumjahon xizmati) kechakunduz (24 soat) ingliz va 40 dan ortiq xorijiy tilda berib boriladi. BiBiSining O‘zbekiston taxririyati 1994 yil noyab. oyida tashkil etilgan, eshittirishlar oʻzbek va rus tilida olib boriladi. 1996 yil mart oyigacha faqat qisqa to‘lqinda eshittirishlar berilgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta va o‘rta qisqa to‘lqinlarda berilmoqda. BiBiSining O‘zbekiston tahririyati O‘rta Osiyo va Kavkaz xizmati tarkibiga kiradi, mazkur xizmat o‘zbek tilidan tashqari qozoq, kirgiz, ozarbayjon va rus tillarida eshittirishlar beradi. BiBiSi jahondagi ko‘pchilik davlatlarda keng yoyilgan muxbirlik tarmog‘iga ega.

Manbalar[tahrir]

  1. Part 2 - The BBC Executive's Review and Assessment. BBC Annual Report 2011/12. BBC (16 July 2012). 24 September 2012.
  2. "What is the BBC?." BBC. Retrieved 6 January 2010. "British Broadcasting Corporation Broadcasting House, Portland Place, London, W1A 1AA."
  3. BBC: World's largest broadcaster & Most trusted media brand. Media Newsline. Asl nusxadan arxivlandi (5 October 2010). 23 September 2010.
  4. Digital licence. Prospect. 23 September 2010.
  5. About the BBC – What is the BBC. BBC Online. 23 September 2010.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]