Hindiston xalq qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindiston xalq qoʻzgʻoloni, sipohiylar qoʻzgoloni — hind xalqining ingliz mustamlaka-chilariga qarshi ozodlik harakati (1857—59). Koʻzgolonning asosiy harbiy yadrosi armiya boʻlgani bois uni sipohiylar qoʻzgʻoloni deb ham atashadi. Unda mamlakatning turli tabaqalariga mansub aholi — dehqonlar, hunarmandlar va zodagonlar ishtirok etgan. Ingliz mustamlakachilari Hin-distonni zabt etgach, unda mahkam oʻrnashib olish uchun armiyaga mahalliy aholini jalb qila boshlaganlar. Sipohiylar deb atalmish hind askarlari tarkibida hindular, musulmonlar va sikhlar mavjud edi. Sipohiylar armiyasining asosiy vazifasi mus-tamlakachilarning manfaatlarini qoʻriqlash, shuningdek, xalq harakatini bostirishdan iborat edi. Inglizlar sipohiilardan qoʻshni mamlakatlarga qarshi yurishlarda foydalanganlar, bu yurishlarda koʻp hind askarlari halok boʻlgan. Inglizlar sipo-hiylarni moddiy, maʼnaviy jihatdan kamsitganlar. Ularning maoshi ingliz askarlarinikidan ancha kam boʻlgan, arzimagan bahona bilan ularni qattiq jazolaganlar. Shu sabablarga koʻra, sipohiylarning sabr kosasi toʻla boshlagan. Hin-dular sigirni muqaddas deb bilib, uning goʻshtini isteʼmol qilmas, musulmonlar uchun choʻchqa harom hisoblangan. Sipo-hiylar ishlatadigan mil-tiq oʻqlari sigir va choʻchqa yogʻi bilan moylangan, bu hol qoʻzgʻolon chiqishining asosiy bahonalaridan biri boʻlgan. Hind xalqi-* ning deyarli barcha tabaqalarida 19-asr oʻrtalarida inglizlarga qarshi norozilik kuchaygan. Sipohiylarning dastlabki chiqishi 1857-yil 10-mayda Mirut shahrida boshlangan. Bengaliya va Panjob oʻrtasidagi hudud qoʻzgʻolonning markazi boʻlgan.

Ularning 3 polki aholi va mahalliy sipohiylar yordamida Dehli qalʼasini egallagan. KOʻzgʻolonchilar boburiylar sulolasi hukmronligi tiklanganligini eʼlon etgan va Bahodirshoh II ni Hindistonning hukmdori sifatida mamlakatni ozod qilish uchun kurash chaqirigiga qul qoʻyishga majbur qilgan. 2 hafta ichida butun Shimoliy Hindiston qoʻzgʻo-lonchilar qoʻliga oʻtgan. Kanpur va Lakhnauda qoʻzgʻolonchilar katta qoʻshini yigʻilgan. Bu 3 qoʻzgʻolon markazida alohida-alohida mustaqil hukumatlar tuzilgan. Dehlida Baho-dirshoh II hukumatidan tashqari sipohiylar va shaharliklardan iborat oliy maʼmuriy kengash — jalsa tuzilgan. Dehlidagi qoʻshinlarga jal-sa aʼzosi Baxtxon qoʻmondonlik qilgan. Lekin Dehli va Lakhnaudagi saroy amaldorlaridan tuzilgan hukumat aʼzolarining birbiri bilan kelisha olmasligi tufayli, qoʻzgʻolonchilar oʻrtasida nizolar boʻlib turgan. Kanpurdagi hukumat boshqaruv apparatini tuzgan, qoʻshin va aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash choralarini koʻrgan.

Inglizlar Bengaliya va Panjobni oʻz qoʻllarida saqlab qolgan. Bu hududdagi qoʻzgʻolonlarni, Dekandagi sipo-hiylarning chiqishlarini tezda bos-tirgan. Madras va Bombeydagi sipohiylar qoʻshinlarini oʻz tobeliklarida saqlab qolgan. Kalkuttada yirik qoʻshin toʻplagan bosqinchilar 1857-yil may oxirida Gang daryosi boʻylab hujumga oʻtgan; iyunda Banoras va Ol-lohobodni egallagan. Kanpurdagi Nana Sohib qoʻshiniga 15—16-iyulda qat-tiq zarba bergan. 4 oylik qamaldan keyin 19-sentabr da Dehlini qoʻlga kiritgan. Bahodirshoh II ni Rangunga surgun qilgan. Lakhnau ham 1858-yil 19-martda taslim boʻlgan.

Shundan soʻng partizanlik harakati boshlangan. Tantia Topi Jhansi hokimasi Lakshmi Bai bilan birga Kalpi, Kanpur va Gvalior atroflarida urush olib borgan. Angliya qirolichasi Vik-toriyaning qoʻzgʻolonda ishtirok etgan barcha zodagonlarni avf etganligi toʻgʻrisidagi manifesti eʼlon etilgai (1858.1.11). Natijala zodagonlar qoʻzgolondan chetlashgan. Partizanlar harakati 1859-yil aprelda bostirilgan. Koʻzgolonchilar vahshiyena jazolangan.

Hindiston xalq qoʻzgʻoloniq.da ingliz mustamlakachilarining har tomonlama qoʻli baland kelgan. Ular iqtisodiy, siyosiy-ijti-moiy va harbiy jihatdan hind qoʻshinlaridan ustunligi sababli qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchragam. Qoʻzgolon yengilsala, inglizlar Hindistondagi siyosatlarini oʻzgar-tirishga majbur boʻlgan. Ost-Indiya kompaniyasi tugatilgan, Hindiston bevosita Angliya hukumatining nazoratiga oʻtgan.

Ad..Osipov A.M., Velikoye vosstaniye v Iplii, 1X57-1859, M.. 1957; Gʻissov T.Gʻ., Hindistonning yangi tarixi, T.. 1999.

Temur Gʻiyosov.