Sinclair Lewis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sinclair Lewis
Tavalludi 7-fevral 1885[1][2][3]
Vafoti 10-yanvar 1951[4][1][3]
Ijod qilgan tillari American English[1] va Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh

Sinclair Lewis (1885.7.2, Sok-Sentr, Minnesota) — 1951.10.1, Rim) — amerikalik yozuvchi. Birinchi nasriy asari Tom Gren taxallusi bilan chop etilgan. Bolalarga atalgan bu kitobni "Aeroplanda sayr" (1912) deb nomlagan. Birinchi romani "Bizning mister Renn" (1915), ikkinchisi esa "Burgut parvozi" (1915). 20-asrlardagi eng yaxshi realistik asarlari ichida "Asosiy koʻcha" (1920), "Bebbit" (1922), "Ero-usmit" (1925, hammuallif) romanlari ajralib turadi. Jiddiy siyosiy asarlar — "Bizda buning iloji yoʻq" (1935) roman-pamfleti, "Gideon Plensh" (1943) hajviy romani, "Kingsblad, qirollar nayeli" nomli irqchilikka qarshi kurash, fuqarolik vijdoni haqidagi roman muallifi. 1949 yildan Italiyada yashagan. Soʻnggi yillarda yaratgan "Xudojoʻy" (1949), "Olam shunchalik keng" (1951) romanlari badiiy yuksakligi bilan ajraladi. Bir qancha hikoya, pyesa va makrlalari bor. Nobel mukofoti laureati (1930)[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. // (unspecified title)
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil