André Gide

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
André Gide
Tavalludi 22-noyabr 1869[1][2][3]
Vafoti 19-fevral 1951[1][3]
Ijod qilgan tillari Fransuz tili[1]
Fuqaroligi Fransiya

JID (Gibe) Andre Pol Giyom (1869.22.11 - Parij - 1951.19.2) - fransuz yozuvchisi. "Immoralist" (1902), "Tor darvoza" (1909), "Vatikan yertoʻlasi" (1914), "Qalbaki pul yasovchilar" (1925) kabi romanlari, "Andre Valterning daftari" (1891) sheʼrlar kitobi bor. "Botqoqlik" (1895), "Yomon holda mixlangan Prometey" (1899), "Pastoral simfoniya" (1919) satirik ruhsagi qissalari hamda "Shoh Kandavl" (1901), "Saul" (1903), "Edip" (1930) dramatik asarlari muallifi. J.ning kundaliklari, ocherklar kitobi va "Dostoyevskiy" (1923) nomli adabiy-ilmiy risolasi ham chop etilgan. Asarlarida gʻarb modernistlariga xos xususiyatlar — insonning ruhiy olamini, individual qiyofasini, shuningdek, yolgʻizlanish holatlarini tasvirlash yetakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1947).[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]