Władysław Reymont

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Władysław Reymont
Tavalludi 7-may 1867[1][2]
Vafoti 5-dekabr 1925[1][2]
Ijod qilgan tillari Polyak tili[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Second Polish Republic

Władysław Reymont (1867.7.5, Kobele-Velke — 1925.5.12, Varshava) — polyak yozuvchisi. Dastlabki romani — "Loʻttiboz ayol" (1896) avtobiografik motivlarda yozilgan. "Jannatmonand yer" (1—2 j.. 1899) romanida naturalistik va simvolistik usullardan voz kechib, realistik usulni qoʻllagan. "Mujiklar" (1—4 j., 1904—09) milliy epos romani muallifi. Ruhi va koloriti bilan sof polyakcha boʻlgan bu asar bir oz mavhum, kompozitsiyasi va tilida nuqsonlar boʻlishiga qaramay, yozuvchiga xalqaro miqyosda obroʻ keltirgan. "Uchrashuv" (1897), "Tong oldida" (1902), "Odillik bilan" (1899), "Gʻalayon" (1897) kabi asarlarida qishloq hayoti asl holicha yorqin tasvirlangan. "1794-yil" (1913—18) tarixiy trilogiyasida Polshadagi ichki siyosiy ahvol aks etgan. Nobel mukofoti laureati (1924).[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil