Pierre Laval

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pierre Laval

Pierre Laval (1931-yil)
Tavalludi
Pierre Jean Marie Laval

28-iyun 1883-yil
Vafoti 15-oktyabr 1945-yil(1945-10-15)
(62 yoshda)
Turmush oʻrtogʻi
Jeanne Claussat (turm. 1909)
Bolalari Josée Laval

Pierre Jean Marie Laval (talaffuzda: Pyer Laval)(1883-yil 28-iyun – 1945-yil 15-oktyabr) fransuz siyosatchisi. Uchinchi Respublika davrida 1931—1932 va 1935—1936-yillarda Fransiya Bosh vaziri boʻlgan. U Bosh vazir lavozimni 1942—1944-yillarda qayta egallagan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pierre Jean Marie Laval 1883-yil 28-iyunda Auvergne shimolidagi Vichy yaqinidagi Châteldon shahrida Gilbert Laval va Claudine Tournaire oilasida dunyoga kelgan[1]. Uning otasi kafe egasi va pochtachi boʻlib, uzumzor va otlarga egalik qilgan[2].

Laval Châteldondagi qishloq maktabida tahsil olgan. U 15 yoshida Parijdagi Saint-Louis litseyiga oʻqishga ketdi va 1901-yil iyul oyida „bakalavr“ diplomini oldi. Keyinchalik u oʻqishni Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismida, Bordo va Bayonneda davom ettirdi va u yerda ispan tilini oʻrgandi[3]. Lyonga qaytib, u keyingi yillarini zoologiyani oʻrganish bilan oʻtkazdi[4] va Lyon, Saint-Étienne va Autun shaharlarining turli kollej va litseylarida ishlagan[3].

1903-yilda u harbiy xizmatga chaqiriladi, biroq varikoz kengayishi tufayli harbiy xizmatdan chetlatildi[5].

Huquqshunoslik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pierre Laval (1913-yil)

Tabiatshunoslik sohasidagi taʼlimini toʻxtatib, Laval huquq boʻyicha oʻqishni davom etdi va 1909-yilda advokat boʻldi.

Laval 1909-yilda sotsialistik siyosatchi doktor Joseph Claussatning qizi Jan Klaussat bilan oila qurdi[6] va 1911-yilda ularning Josée ismli qizi dunyoga keldi.

Birinchi jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsialistik deputat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yil aprelida xalqni urush qoʻrquvi qamrab olgan bir paytda Sotsialistlar va Radikallar tinchlik uchun saylov kompaniyasiga tayyorgarlik koʻrishdi. Ularning rahbarlari Jean Jaurès va Joseph Caillaux edi. Bloc des Gauches 1913-yil iyul oyida qabul qilingan majburiy harbiy xizmat muddatini ikki yildan uch yilgacha uzaytirgan qonunni qoralab chiqishdi.

Sotsialistlar yordamida radikallar Fransiya deputatlar palatasida saflarini kengaytirishdi. Ular birgalikda urushning oldini olishga umid qilishgandi, lekin 1914-yil 28-iyunda Archgertsog Frans Ferdinandning va 1914-yil 31-iyulda Jaurèsning oʻldirilishi bu umidlarni puchga chiqardi. Lavalning ukasi Jean urushning dastlabki oylarida halok boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kupferman, Fred. Pierre Laval (fr). Tallandier, 2015 — 1–2 bet. ISBN 979-1021014107. 
  2. Meltz, Renaud. Pierre Laval (fr). Place des éditeurs, 2018 — 42 bet. ISBN 978-2262079055. 
  3. 3,0 3,1 Kupferman, Fred. Pierre Laval (fr). Tallandier, 2015 — 7 bet. ISBN 979-1021014107. 
  4. Warner, Geoffrey. Pierre Laval and the Eclipse of France (en). Eyre & Spottiswoode, 1968 — 3 bet. 
  5. Kupferman, Fred. Pierre Laval (fr). Tallandier, 2015 — 13 bet. ISBN 979-1021014107. 
  6. Warner, Geoffrey. Pierre Laval and the Eclipse of France (en). Eyre & Spottiswoode, 1968 — 4 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Media related to Pierre Laval at Wikimedia Commons
  • „Nazi diplomacy: Vichy, 1940“, World War (essay), Hist clo.
  • View auction of Laval's possessions in 1944, ITN source.
  • „Pierre Laval: Devil's Advocate“, Learn Law, Law's Hall of Shame, Duhaime, 14 April 2021da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 16 April 2013.