Sel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sel — togʻ vodiylari, soylar va jarlardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik kuchiga ega boʻlgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqatosh aralash kuchli suv oqimi. Qorlarning jadal erishi, kuchli jala yogishi natijasida togʻlarda"n boshlanadigan kichik dare va soylar havzalarida sodir boʻladi. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Karpat, Sharqiy Sibir togʻlarida kuzatiladi. S. tarkibiga qarab loyqatoshli, loyqali, suvtoshli, suvshoxshabbali turlarga; fizik turiga koʻra qovushoq va noqovushoq turlarga boʻlinadi. Oʻrta Osiyoda S. togʻ olditogʻli zonalarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysi, ChirchiqOhangaron havzasi daryolarining togʻli qismlari; Kirgʻizistonda Talas, Chu, Norin daryolari hamda Issiqkoʻl havzalari, Chatqol va Olay togʻlarining yon bagʻirlari; Tojikistonda Zarafshon, Surxob, Obixingov, Varzob, Vaxsh, Panj va boshqa daryo havzalari; Turkmanistonda Katta Bolxan va Kopetdogʻ yon bagʻirlari xavfli S. mintaqalari hisoblanadi.

S. xalq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi; aholi punktlari, gidrotexnika inshootlari, yoʻl, koʻprik va h.k.ni vayron qiladi, qishloq xoʻjaligi ekinzor, bogʻ va yoʻllariga loyqa aralash tosh, toshshagʻal chiqarib tashlaydi, tuproq qatlamini yuvib ketadi. S.ga qarshi kurashish uchun tashkiliyxoʻjalik, agrooʻrmon melioratsiyasi va gidrotexnika tadbirlari kompleksidan iborat seldan himoya vositalari qoʻllaniladi (qarang Sel ombori).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil