Muhammadjon Qosimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadjon Qosimov
tojikcha: Муҳаммадҷон Қосимов
Tavalludi 9-may 1907-yil
Vafoti 5-iyul 1971-yil(1971-07-05)
(64 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston SSR
Fuqaroligi

Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR

Tojikiston SSR
Kasbi teatr va kino aktyori, teatr rejissyori
Faoliyat yillari 19291971
Partiyasi KPSS
Unvoni SSSR xalq artisti
Turmush oʻrtogʻi Musharrafa Qosimova (1918-yil 19-dekabr2019-yil 2-aprel)
Bolalari

Farrux Qosimov (1948-yil 17-sentyabr2010-yil 7-fevral)

Xurram Qosimov (1951-yil 26-may)
Mukofotlari

Muhammadjon Qosimov (tojikcha: Муҳаммадҷон Қосимов; 1907-yil 9-may, Rishton, Rossiya imperiyasi1971-yil 5-iyul, Dushanbe, Tojikiston SSR) — sovet va tojik teatri hamda kino aktyori, teatr rejissyori, SSSR xalq artisti (1941)[1], KPSS aʼzosi (1948)[2][3][4].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadjon Qosimov 1907-yil 9-may kuni Rishton qishlogʻi (hozirgi Fargʻona viloyatidagi Rishton shahri) xattot oilasida tavallud topgan. Millati tojik. 8 yoshidanoq Qurʼonni yod olgan. 9 yoshida otasi vafot etadi va onasi Qosimovni etikdoʻzga shogirdlikka berishga majbur boʻladi. Soʻngra onasi oʻgʻlini savodli boʻlishi uchun uni eski usulda oʻqitadigan maktabga beradi. Maktabdagi taʼlimi tufayli Hofiz Sheroziy, Saʼdiy, Bedilning asarlarini oʻqib chiqqan. Qoʻqon pedagogika texnikumi va Toshkentdagi Oʻrta Osiyo kooperativ texnikumida oʻqigan (1928-yilda bitiradi)[5]. O‘qishni tugatgach, Rishtonga qaytib, qishloq soveti kotibi, tuman ijroiya qo‘mitasi, tuman iste’molchilar uyushmasida ishlaydi[5]. 1929-yildan boshlab Qosimov havaskorlik spektakllarida qatnashgan[4]. Aktyorlik kasbini tanlashga 20-yillarning o‘rtalarida Rishtonda Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil etgan sayyor teatr truppasining „Layli va Majnun“ pyesasi katta ta’sir ko‘rsatgan[5]. 1931-yildan Stalinobod shahridagi Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri truppasida to umrining oxirigacha ijodiy faoliyat yuritadi[2][4][5]. Qosimov oʻzining birinchi ustozi deb 1930-yillarda Abulqosim Lohutiy nomidagi nomidagi tojik drama teatriga rahbarlik qilgan Homid Mahmudovni bilgan[6]. Aktyorlikdan tashqari, teatr rejissyorligida ham faoliyat yuritgan. 1939-yildan badiiy filmlarni tojik tiliga dublyaj qilishda ishtirok etgan. Tojikiston SSR Kinematograflar ittifoqi aʼzosi (1961). Moskvadagi tojik sanʼati birinchi dekadasi ishtirokchisi (1941)[6].

„Taxmos Xodjentskiy“ (tojikcha: Таҳмоси хуҷандӣ, tarjimasi „Xoʻjandlik Tahmos“, S. Saidmurodov bilan hammualliflikda, 1943), „Doroga schastya“ (tojikcha: Роҳи бахт, tarjimasi „Baxt yoʻli“, Jalol Ikromiy bilan hammualliflikda, 1949), „Umnomu namyok, durnomu palka“ (tojikcha: Ба доно — ишора, ба нодон калтак, tarjimasi „Yaxshidan — yaroq, Yomondan — tayoq“, 1965) pyesalari muallifi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammadjon Qosimovning rafiqasi Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist Musharrafa Orifjonova Qosimova (1918-yil 19-dekabr2019-yil 2-aprel), farzandlari Tojikiston xalq artisti Farrux Qosimov (1948-yil 17-sentyabr2010-yil 7-fevral) va Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist Xurram Qosimovdir (1951-yil 26-may)[7][8][9].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosimov 1971-yil 5-iyulda Dushanbeda vafot etgan[2][5][6]. Shaharning markaziy qabristoniga dafn etilgan[10].

Unvon va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatrdagi rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulqosim Lohutiy nomidagi tojik drama teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladmir Mayakovskiy nomidagi rsu drama teatri (Dushanbe)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spektakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmografiyasii[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1940 — Na dalney zastave
  • 1942 — Sin Tadjikistana (tojikcha: Писари Тоҷикистон) — Hofiz
  • 1953 — Zastava v gorax — Ismoilbek
  • 1956 — Avitsenna — Maymandiy
  • 1956 — Doxunda — Azimshohboy
  • 1957 — Moy drug Navruzov — Tupalangov
  • 1958 — Visokaya doljnost (tojikcha: Вазифаи олӣ) — Boboniyoz
  • 1958 — Po putevke Lenina — ishchi
  • 1959 — Nasreddin v Xodjente, ili ocharovanniy prins — Xoʻjand xoni
  • 1959 — Sudba poeta (tojikcha: Қисмати шоир) — Sahl ibn Mansur
  • 1961 — Znamya kuznetsa (tojikcha: Ливои оҳангар) — Kova
  • 1962 — Tishini ne budet — Muhammadjon Qurbonov
  • 1965 — Pereklichka — ijro qoʻmitasi raisi
  • 1965 — Hasan Arbakesh — togʻa
  • 1967 — Pod peplom—ogon — Karimov
  • 1968 — Kak velit serdse (tojikcha: Бо амри дил) — Saidov
  • 1971 — Skazaniye o Rustame (tojikcha: Достони Рустам) — Zol

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1973-yilda aktyor hayoti va faoliyati haqida rejissyor M.Mullojonovning „Muhammadjon Qosimov“ nomli hujjatli filmi chiqqan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Muxamedjan Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Muhammadjon Qosimov“ (tojik tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  3. 3,0 3,1 M. Uxmilina. „Teatr — ego jizn“ (rus tilida). Sovetskaya kultura gazetasi, №30 (4154). (1970-yil 12-mart). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Kasimov Muxamedjan“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Muxamedjan Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Pervoproxodes tadjikskogo kinematografa Muxammedjan Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  7. „Kasimova Musharrafa“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  8. „Farrux Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  9. „Xurram Kasimov“ (rus tilida). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  10. Mutriba Toʻychizoda. „Zamok nad mogiley“ (rus tilida) (2019-yil 5-sentyabr). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  11. Ensiklopediya kino Tadjikistana. Dushanbe: „ER-graf“, 1992 — 396 bet. ISBN 978-99947-919-4-1. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]