Quvasoy
Jump to navigation
Jump to search
Quvasoy | |
---|---|
shahar | |
40°18′0″N 71°58′0″E / 40.30000°N 71.96667°EKoordinatalari: 40°18′0″N 71°58′0″E / 40.30000°N 71.96667°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Fargʻona |
Hukumat | |
Qachondan beri shahar | 1954 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2005) |
71 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Quvasoy — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona shahridan janubi-sharq tomonga 22 km masofada joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi bor. Aholisi 71,5 ming kishi (2005). Quvasoyda kichik korxona, mikrofirma va boshqa turdagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Quvasoy sement korxonasi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonasi, shisha, idish, gʻisht, chinni, temir-beton, uy-roʻzgʻor kimyosi zavodlari, avtokorxona, qurilish korxonalari ishlab turibdi. 4 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim maktablari, kutubxonalar, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Quvasoydan Fargʻonaga avtobus, marshrutli va xususiy taksilar qatnaydi.
Havolalar[tahrir]
![]() |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|