Zavqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Zavqiy (taxallusi; asl ismsharifi Ubaydullo Solih oʻgʻli) (1853 — Qoʻqon — 1921) — oʻzbek shoiri. Qoʻqondagi "Madrasai oliy" va "Madrasai chalpak"da tahsil olgan (1870—74). Maxsidoʻzlik b-n shugʻullangan. Maʼlum muddat mirzalik qilgan, Xoʻjand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Oʻsh, Andijon, Margʻilon sh.larida boʻlgan. Togʻasi Muhammad Siddiq b-n Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903 y. Qoʻqonga qaytgan. 3. mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirgan, Qoʻqon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari b-n ijodiy hamkorlik qilgan. Z.ning gʻazal, muhammas, muvashshaxlari ("Aylab keling", "Radifi Zavqiy" va b.)da oʻzi yashagan muhit va tuzum, mehnat axlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuygʻularini qaramaqarshi qoʻyadi ("Yuzingni koʻrsatib avval", "Bodai vasling" va b.), kishilarni turmush goʻzalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Z.ning bir qancha sheʼrlari ("Kajdor zamona", "Ajab zamona", "Abdurahmon shayton" va b.)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor maʼmuriyati himoyasida boʻlgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Z.ning "Muncha koʻp" radifli hamda "Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi" misrasi b-n boshlanuvchi muhammaslari 19-a. boshlari sheʼ-riyatidagi eng oʻtkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi. 3. ijodiy merosida oʻzbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta oʻrin tutadi ("Yangi Qoʻrgʻon qishlogʻi", "Suv janjali", "Shohimardon sayohati" va b.). Bu asarlar Muqimiyning "Sayohatnoma"si taʼsirida yozilgan. 3. Muqimiyning hajvchilik yoʻlini davom ettirib, oʻzbek adabiyotida hajviy yoʻnalish taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdi ("Obid mingboshi haqida hajv" va b.). Z.ning "Voqeai qozi saylov" (1909—10), "Qahatchilik" (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. "Ajab ermas" radifli muhammasi 20-a. boshlari oʻzbek sheʼriyatida muhim hodisa boʻldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator sheʼrlari ("Taʼrifi kalish", "Otim", "Fonus", "Sigirim", "Pashshalar" va b.)da zaharxanda b-n kuladi.

Shoirning ishqiy gʻazal va muhammaslari oʻsha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan ("Yor kelur zamona yoʻq, kelmasa-kelmasun netay?!", "Kulbam aro, ey maxliqo, bir yoʻl xirom aylab keling" va b.). Z.ning sheʼrlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda ogʻzaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qoʻqon sh.dagi bir mahalla, qishloq, maktab va koʻchaga 3. nomi berilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Tanlangan asarlar, T., 1958.

Adabiyot[tahrir]

  • Razzoqov H., Zavqiy hayoti va ijodi, T., 1965; Abdugʻafurov A., Oʻzbek demokratik adabiyotida satira, T., 1961.

Abdurashid Abdugʻafurov.[1]


Zavqiy (1853—1921) Zavqiy lirik shoir. Shoir ijodida muhabbat lirikasi asosiy oʻrin egallaydi. Zavqiyning «Kelmasa kelmasun netay?» radifli gʻazali oʻzbek mumtoz adabiyotining goʻzal anʼanalarini davom ettirib yozilgan asar hisoblanadi.

Shuningdek, Zavqiy Muqimiy boshchiligidagi satirik maktabning yetakchi namoyandalaridan biridir. Shoirning «Zamona kimniki?», «Dar mazammati zamona», «Boʻl», «Muncha koʻp» kabi sheʼrlari ijtimoiy satiraning yuksak namunalari boʻlib, ularda oddiy xalqning kulfati va mashaqqatli hayoti, ayanchli ahvoli real suratlarda tasvirlanadi.

Zavqiyning «Voqeai qozi saylov», «Qahatchilik» dostonlari ham muhim ijtimoiy hodisalarni aks ettiruvchi dostonlardir.

Manbalar[tahrir]

  • Zavqiy. Tanlangan asarlar. T., 1958.

Ilmiy adabiyotlar[tahrir]

  • Razzoqov H. Zavqiy. Hayoti va ijodi. T., 1955.
  • Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. T., 1987.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil