Ulugʻbek Mustafoyev
Ulugʻbek Mustafoyev | |
---|---|
Jizzax viloyati hokimi | |
Mansab davri 2024-yil 19-dekabrdan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ergash Soliyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-avgust 1968-yil Jizzax |
Ulugʻbek Mavlonovich Mustafoyev (1968-yil 14-avgust, Jizzax viloyati) — oʻzbek davlat arbobi, moliyachi. 2024-yil 19-dekabrdan Jizzax viloyati hokimi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1992-yildan 2003-yilgacha „Sanoatqurilishbank“ Jizzax viloyat filialida mutaxassis, keyinchalik katta mutaxassis sifatida ishladi.
2003-yildan 2010-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari boshqarmasi katta iqtisodchisi, pul muomalasi boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
2010-yildan 2016-yilgacha Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari bo'lgan.
2016–2017-yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
2017-yil iyunida „Oʻzbekenergo“ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan. 2019-yil martida mazkur tashkilot isloh qilinib, oʻrnida „Issiqlik elektr stansiyalari“, „Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari“ hamda „Hududiy elektr tarmoqlari“ tashkil etilgan.
2024-yil 19-dekabr kuni Jizzax viloyati hokimi etib tayinlandi[2].