1994

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(1994-yildan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

1994

Mingyilliklar: 2chi mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 6-yanvar — Muborak gazni qayta ishlash zavodida yangi 14-blok ishga tushirildi.
  • 6-yanvar — "ToshkentJizzax" elektr poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
  • 25-yanvar — Toshkentda Yevropa va Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.
  • 11-fevralNukusda Orol muammosiga bagashlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.
  • 24-fevral — Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl boʻyicha olimpiada chempioni boʻldi.
  • 15-mart — Qashqadaryo viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi.
  • 19-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan 1994-yil "Mirzo Ulugʻbek yili" deb eʼlon qilindi.
  • Mart — Buxoro viloyatining Kogon shahrida grafit-gips kombinatining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 8-aprel — "Toshkent" Respublika fond birjasi tashkil etildi (birja 1995-yildan "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasiga, 2001-yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo).
  • 8-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi tashkil etildi.
  • 13-aprel — "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
  • 23-aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat" jamoatchilik markazi tashkil qilish toʻgʻrisida" farmon chiqardi.
  • Aprel — Oʻzbekiston Respublikasi jahon pochta ittifoqiga aʼzo boʻldi.
  • Aprel — Uzunligi 94 km boʻlgan Gazli — Nukus gaz quvurining birinchi navbati ishga tushirildi.
  • 2-may - Xursand O'rozboyev tug'ilgan.
  • 5-may — Oʻzbekistonning oliy darajadagi unvoni — "Oʻzbekiston Qahramoni" taʼsis etildi.
  • 5-may — "Mustaqillik", "Doʻstlik" ordenlari, "Jasorat", "Shuhrat" medallari taʼsis etildi.
  • 12-may — "Savdogarbank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 24-may — Toshkentda Qozogʻiston Respublikasi elchixonasi ochildi.
  • 30-may — Toshkentda birinchi marta "Prezident kubogi" uchun xalqaro tennis musobaqasi boʻlib oʻtdi.
  • May — "Andijonirmash" zavodi negizida tashkil etilgan "OʻzEKS" Oʻzbekiston—Rossiya qoʻshma korxonasi dastlabki besh ekskavatorni tayyorladi.
  • May — Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi tarkibida Bioekologiya ilmiytadqiqot instituti ochildi.
  • 8-iyun — Oʻzbekistonda birinchi "Vaqt" milliy depozitariysi — ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi.
  • 21-iyun — "Trastbank" aksiyadorlik birja banki tashkil etildi.
  • 1-iyul — Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻm muomalaga kiritildi.
  • 18-iyul — Toshkentda Konrad Adenauer fondi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
  • 2-avgust — Toshkentda "Yunusobod" sport maj-mui ochildi (1-navbati —1994-yil, 2-navbati 1997-yil, suv havzasi 2001-yilda qurib bitkazilgan). Hozir "Oʻzbekiston" sport majmui nomi bilan ataladi.
  • Avgust — Qoʻngʻirot tumanida karbid ishlab chiqaruvchi zavod, Namangan viloyatining Uychi tumanida asfalt zavodi ishga tushirildi. Avgust. Toshkentda "Tafakkur" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi. Avgust. "Gʻallabank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
  • 2-sentabr — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil etildi.
  • 2-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksi qabul qilindi.
  • 8-sentabr — Qatar davlatining poytaxti Doʻhada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar Osiyo chempionatida toshkentlik shaxmatchi Rustam Qosimjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
  • 22-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi toʻgʻrisida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
  • 22—23-sentabr — Toshkentda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 16-sessiyasida "Yer osti boyliklari toʻgrisida" qonun qabul qilindi.
  • 24—25-sentabr — Xorazmda davlat arbobi va shoir Feruz tavalludining 150 yilligi nishonlandi.
  • Sentabr — Toshkentda Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi doirasida ishbilarmonlik aloqalari Markazi ochildi.
  • Sentabr — Jizzax shahrida "Oʻzbekmebel" davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax mebel fabrikasi tashkil etildi.
  • 3-oktabr — Toshkentda Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yoʻli" xalqaro konferensiyasi ochildi. "Ipak yoʻli boʻylab sayyohlik boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi" qabul qilindi.
  • 6-oktabr — Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulugʻbek haykali ochildi.
  • 12-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining galereyasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasiga asos solindi (2004-yilda maxsus qurilgan binoga joylashtirildi).
  • 13—15-oktabr — Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulugʻbek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari boʻlib oʻtdi. Toshkentda "Mirzo Ulugʻbek va uning jahon taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi" mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.
  • 14-oktabr — Jinoyat-qidiruv politsiyasi (Interpol) Bosh assambleyasining 63-sessiyasida Oʻzbekiston Interpolning Xalqaro tashkilotiga qabul qilindi.
  • 7-noyabr — "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
  • Noyabr — Ellikqalʼada "Elteks" toʻqimachilik kombinati ishga tushirildi. 6-dekabr. Toshkentda buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan tantanali kecha boʻlib oʻtdi.
  • 19-dekabr — Toshkentda Oʻzbekistonning Xalqaro bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ga aʼzo boʻlib kirishi toʻgʻrisidagi bitim imzolandi.
  • 20-dekabr — Buxoroda binokorlik uchun marmar plitalar ishlab chiqaradigan zavod ishga tushirildi.
  • 23-dekabr — Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi tashkil etildi.
  • 25-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylovlarning 1-turi boʻlib oʻtdi.
  • 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
  • 29-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi tashkil etildi.
  • Dekabr — "Nukus—Moskva" yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
  • 1994 — Toshkentda Oʻzbekiston — Buyuk Britaniya "OʻzBAT" qoʻshma korxonasi tashkil etildi.
  • 1994 — Samarqand shahrida 4 yulduzli "Afrosiyob" mehmonxonasi qurib bitkazildi;1994 - "Yogʻdu" kinostudiyasi tashkil etildi.

Voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tugʻilgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vafot etgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nobel mukofoti laureatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.