Navro‘z Japakov
Ushbu sahifani Navruz Japaqov bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
| Navroʻz Japakov | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Mansab davri 1956-yil – 1959-yilgacha | ||||||||
| Oʻtmishdoshi | Pirjan Seitov | |||||||
| Vorisi | Kallibek Kamalov | |||||||
|
Mansab davri 1955-yil – 1956-yil | ||||||||
| Oʻtmishdoshi | Mateke Djumanazarov | |||||||
| Vorisi | Mateke Djumanazarov | |||||||
|
Mansab davri 1946-yil – 1952-yil | ||||||||
| Oʻtmishdoshi | Pirjan Seitov | |||||||
| Vorisi | Djolimbet Seitniyazov | |||||||
| Shaxsiy maʼlumotlari | ||||||||
| Tavalludi | 16-may 1914-yil | |||||||
| Vafoti |
13-mart 1975-yil (60 yoshda) | |||||||
| Mukofotlari |
| |||||||
Navroʻz Japakov (1914-yil 16-may — 1975-yil 13-mart) — sovet-oʻzbek davlati partiya yetakchisi, Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (1955-1956-yillarda), shoir.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1942-yildan Butunittifoq bolsheviklar Kommunistik partiyasi a’zosi. 1955-yilda Bolsheviklar SIKP (Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi) MQ (Markaziy Qoʻmitasi)qoshidagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.
1943-1946-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) Qoraqalpogʻiston viloyat qoʻmitasining targʻibot va tashviqot ishlari boʻyicha kotibi.
1946-1952-yillarda — Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi.
1955-1956-yillarda — Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi.
1956-1959-yillarda — Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi. SSSR Oliy Kengashining 3 va 5-chaqiriqlari deputati.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Quyosh" birinchi she’riy toʻplami 1940-yilda nashr etilgan. Qoraqalpoq, oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan yettita she’riy toʻplam muallifi hisoblanadi. Asosiy she’rlari "Buyuk rus xalqiga" (Nukus, 1954-yil) va "Amu sohillarida" (Leningrad, 1960-yil) toʻplamlarida keltirilgan. Ssenariy muallifi M.Melkumov bilan hamkorlikda “Orol baliqchilari” badiiy filmi ssenariysini yozgan.
U adabiyotni ham mukammal oʻrgangan. “Ayapbergen Musayevning hayot yoʻli va ijodi” mavzusidagi ishi uchun unga filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi beriladi.
Mukofot va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1957-yil 1-noyabrda ikkita Lenin, Qizil Yulduz, ikkita "Shon-sharaf belgisi" ordenlari bilan taqdirlangan.
Navroʻz Japakov 1974-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoniga musharraf boʻldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 16-mayda tugʻilganlar
- 1914-yilda tugʻilganlar
- 13-martda vafot etganlar
- 1975-yilda vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik shoirlar
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari
