Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(KPSSdan yoʻnaltirildi)

Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi (KPSS) — 1898-1991-yillarda Rossiya, RSFSR, SSSRda faoliyat koʻrsatgan siyosiy partiya. 1898-yil martdan — RSDRP, 1917-yil apreldan — RSDRP(b), 1918-yil martdan — RKP(b), 1925-yil dekabrdan VKP(b), 1952-yil oktabrdan — KPSS. Dastlab sotsialdemokratik ishchilar partiyasi sifatida tashkil topdi. 1903-yil iyul—avgustda boʻlgan partiyaning 2sʼyezdida u bolsheviklar va mensheviklarta ajraldi. Bolsheviklarga Vladimir Lenin, mensheviklarga L. Martov va Georgiy Plexanov yetakchilik qilgan. 1917-yilgi Oktyabr toʻntarishi natijasida bolsheviklar Rossiyada hokimiyat tepasiga keldi va avval Vladimir Lenin, keyinchalik (1920-yillardan) Iosif Stalin boshchiligida davlat totalitar rejimining tayanchi boʻlib qoldi. KPSS aʼzolari soni 1917-yil taxminan 40.000 kishini tashkil etgan boʻlsa, 80 yillarning oʻrtalarida 19 mln. kishigacha yetdi. Partiyaning 8sʼyezdida (1919) qabul qilingan dastur kapitalizmdan sotsializmga oʻtish prinsiplarini umumiy tarzda eʼlon qildi. 1920-yillar boshiga kelib bolshevik rahbarlar mamlakatdagi boshqa barcha siyosiy partiyalar faoliyatini man qildi. Kommunistik partiya markazda ham, joylarda ham hokimiyatning barcha dastaklarini oʻz qoʻliga olgan yagona siyosiy partiya boʻlib qoldi. 1922-yildan partiya MK bosh kotibi lavozimini egallab kelgan Iosif Stalin guruxi partiyaning Trotskiy va Zinovyev, Buharin va Rikov singari boshqa rahbarlari ustidan keskin kurashlarda gʻalaba qozonishi (20-yillarning oxiri — 30-yillarning boshi) oqibatida bir partiyalik tizim mustahkamlandi. Ommaviy qirgʻinlar kuchayib, ularga KPSS rahnamolik qildi. 20sʼyezd (1956)da Nikita Xrushchyov boshliq partiya rahbarligining bir qismi Stalin shaxsiga sigʻinishni, nohaq qatagʻonlar va rahbarlikning avtoritar usullarini fosh qilib chikdi. KPSS ning 22 sʼyezdida (1961) qabul qilintan partiyaning yangi dasturida SSSR da sotsializm „toʻla va uzilkesil“ gʻalaba qozonganligidan kelib chiqib, mamlakat „kommunizm kurilishi avj oldirilgan“ davrga kirganligi eʼlon qilindi. Ammo keyingi voqealar bu dasturdagi asosiy qoidalar xomxayolligini koʻrsatdi. 60-yillarning oxiridan boshlab partiya va u boshchilik qilayotgan siyosiy tizim turgʻunlikbosqichiga kirdi, partiya rahbarligida Leonid Brejnev boshchiligidagi konservativ kuchlar ustunlik qildi; mamlakatning iqtisodiy rivojlanish surʼatlari keskin pasaydi. SSSR Konstitutsiyasi (1977) KPSSning sovet jamiyatining rahbar va yoʻnaltiruvchi kuchi sifatidagi mavqeini huquqiy jihatdan mustahkamlab koʻydi. 1985-yildan Mixail Gorbachov boshchiligidagi partiyaning oliy rahbarligi sovet jamiyatini qayta qurish va demokratiyalashtirishgaurindi. KPSSning 27sʼyezdi (1986) „!gngi tahrir“dagi dasturni qabul qildi. Unda „kommunizm kurilishi“ toʻgʻrisidagi qoida „sotsializmni takomillashtirish“ toʻgʻrisidagi tezis bilan almashtiriddi. 28sʼyezd (1990) keskin bahslardan soʻng 1986-yilgi dasturni amalda bekorqilgan va KPSSning astasekin „demokratok sotsializm“ pozitsiyalariga oʻtishini eʼlon qilgan partiya „platformasi“ni tasdikladi. Bu paytga kelib KPSS ichida birbiriga qarshi turgan bir qancha oqimlar paydo boʻldi. KPSS va sovet jamiyatidagi tanazzul tobora kuchaydi. 1991-yil Rossiya Federatsiyasining Prezidenti Boris Yeltsin farmoni bilan KPSS faoliyati Rossiya hududida tuxtatildi va partiyaning tashkiliy tuzilmalari tarqatib yuborildi. 1992-yil va undan keyingi yillar Rossiyada bir kancha kommunistax partiyalar va tashkilotlar tuzildi. Ularning eng yirigi Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (KPRF) hisoblanadi.

KPSS rahbarligi davrida butun jamiyat, aslida, „kommunist — komsomol — pioner — oktyabryat“ zanjiriga birlashtirilgan edi. Erkin fikr man qilindi, kommunistik gʻoyani qabul qilmaganlar tazyiq va taʼqibga uchradi, dushman sifatida yoʻqotib borildi. KPSS siyosati natijasida mamlakatda xalqdan ajralib qolgan, ishi bilan soʻzi mos kelmaydigan, faqat oʻz manfaatini oʻylaydigan, jamiyatda boshqalardan koʻra yaxshiroq yashaydigan oʻziga xos siyosiy qatlam vujudga keldi. KPSS baynalmilal siyosatga amal qilish bahonasida oʻz gʻoyasi va taʼsirini jahonga tarqatishga, xalqaro kommunistik harakatni kuchaytirishga urindi. Shu asosda Ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropa davlatlari, keyinroq Osiyo va Afrikadagi ayrim mamlakatlarga, Kubaga markschalenincha gʻoya tiqishtirildi. Natijada dunyoda mafkuraviy-siyosiy qaramaqarshiliklar kuchaydi.

Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi (OʻzKP) KPSSning tarkibiy qismi boʻlgan edi. 1918-yil Turkiston kom partiyasi, Buxoro kompartiyasi va 1920-yil Xorazm kompartiyasi tuzilgan. Bu partiya tashkilotlari asosida OʻzKP oʻzining 1925-yil 6—12 fevralda Buxoroda boʻlgan 1sʼyezdida tashkiliy jihatdan rasmiylashgan. Oʻsha paytda tarkibida 8350 nafar partiya aʼzosi bor edi. 1988-yil boshlarida Oʻzbekiston kommunistlari 640.677 kishi boʻlgan. Oʻzbek xalqi tarixida 20-asrda yuz bergan koʻplab fojiali sahifalar kommunistik partiya faoliyati bilan bogʻliqsir. Bu partiyaning mutlaqhukmronligi butun ittifoqda boʻlgani kabi Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham salbiy taʼsir koʻrsatdi. Oʻzbekiston partiya tashkiloti respublika manfaatlarini hisobga olmasdan (koʻpincha bu manfaatlarga zid keladigan) Moskvada ishlab chiqilgan qarorlarni bajarib keldi. Maʼmuriybuyruqbozlik usullari bilan ish olib borgan partiya qoʻmitalari joylardagi har qanday mustaqil fikr va tashabbuslarni boʻgʻar, demokratik asoslarni yoʻqqa chiqarardi. Markaz VKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi orqali Oʻzbekistondagi vaziyatni boshqarib turgan. Keyinchalik respublikalarni boshkarish uchun „ikkinchi kotib“ tartiboti shakllantirildi. Oʻzbekiston KP MK va viloyatlarning partiya qoʻmitalarida 2kotiblar qoʻlida amalda butun qokimiyat toʻplangan. Hukmron kompartiya rejimiga qarshi chiqqan barcha kishilar, oʻzbek xalqining va oʻz yurtining manfaatlarini himoya qilganlar qatagʻonga uchradi (qarang Repressiya). Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, mohiyat eʼtiboriga koʻra oʻzbek xalqining milliy tabiati va kadriyatlariga zid boʻlgan, chetdan zoʻravonlik bilan joriy etilgan kommunistik partiya faoliyati tuxtatildi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale 20veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000.