Kontent qismiga oʻtish

Akmalxoʻja Mavlonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Akmalxoʻja Mavlonov
Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov
Oʻzbekiston Davlat Bojxona Qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2021-yil 18-noyabrdan — hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Murodjon Azimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1975-yil (1975-01-01) (51 yosh)
Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Mukofotlari
Unvoni General-mayor

Akmalxoʻja Yusupovich Mavlonov (1975-yil 12-may, Quva tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona xizmati general-mayori, huquqshunos va iqtisodchi. 2021-yildan beri Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akmalxoʻja Mavlonov 1975-yil 12-may kuni Fargʻona viloyati Quva tumanida tavallud topgan. 1997-yilda Fargʻona davlat universitetining iqtisodiyot yoʻnalishini, 2022-yilda Toshkent davlat yuridik institutining huquqshunoslik yoʻnalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akmalxoʻja Mavlonov mehnat faoliyatini 1997-yilda Fargʻona shahridagi „Movus“ mebel korxonasida yurist sifatida boshlagan. 2002-yildan boshlab prokuratura organlarida faoliyat yuritgan. Dastlab tergovchi, soʻngra katta tergovchi lavozimlarida ishlagan. 2006–2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida tergov ustidan nazorat boʻlimida xizmat qilgan.

2010–2014-yillarda Fargʻona viloyati prokuraturasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan. 2014–2017-yillarda Margʻilon shahar prokurori, 2017-yilda Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari, 2017–2018-yillarda Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan[1].

2018-yilda Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyuta jinoyatlari va jinoyat daromadlarini legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga rahbarlik qilgan. 2018–2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari[2], 2019–2020-yillarda Namangan viloyati prokurori boʻlgan[3]. 2020–2021-yillarda yana Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan.

2021-yil noyabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 18-noyabrdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisi etib tayinlangan va unga bojxona xizmati general-mayori unvoni berilgan[4]. 2024-yil 25-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan[5].

2025-yil 17-fevral kuni Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi[6].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilda „Korruptsiyaga qarshi kurashishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish (bojxona organlari misolida)“ mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan[7].

Faxriy unvon va mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 28-mart kuni Fargʻona davlat universiteti bilan samarali hamkorligi va yoshlarga ibrat boʻlayotgan faoliyati uchun unga „Fargʻona davlat universitetining faxriy professori“ unvoni berilgan.