Toshkent davlat yuridik universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent davlat yuridik universiteti
Xalqaro nomi Tashkent State University of Law
Rektori Kanyazov Yesemurat
Manzili Sayilgoh ko'chasi, 1-uy
Vebsayti tsul.uz

Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) - Oʻzbekistonning «yurisprudensiya» mutaxassisligi bo`yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo`yicha bazaviy davlat oliy ta`lim va ilmiy-metodik muassasasi hisoblanadi[1]. TDYuUning asosiy vazifalari va faoliyati yo`nalishlari etib quyidagilar belgilangan: davlat huquqi va boshqaruvi, jinoyat huquqi va protsessi, fuqarolik huquqi va protsessi, tadbirkorlik huquqi (biznes huquqi), xalqaro, xalqaro tijorat (xususiy) huquqi va yuridik ta`limning boshqa ustuvor yo`nalishlari bo`yicha talabalarning fundamental bazaviy, shuningdek amaliy kasbiy tayyorgarligini ta`minlaydigan dastur va o`quv rejalari asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash; o`quv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qo`llash faoliyati bilan uzviy bog'liqligini, talabalarda tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko`nikmasini shakllantirishni ta`minlaydigan o`qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish; davlat qurilishi va boshqaruvi, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning dolzarb huquqiy muammolari bo`yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar o`tkazish, ushbu sohadagi xalqaro tajribani o`rganish huquqni qo`llash amaliyotiga, o`quv jarayoniga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etishni ta`minlash; mamlakatdagi o`rta maxsus, kasb-hunar, shuningdek oliy yuridik ta`lim muassasalarida huquqiy fanlar bo`yicha dars berayotgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular uchun zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan o`quv adabiyotlar, o`quv-metodik materiallar yaratish; talabalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo`yicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma`naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish; Universitetning o`quv va ilmiy bo`linmalarini o`qitishning zamonaviy shakllari va metodlarini egallagan, huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik bo`linmalarida amaliy ish tajribasiga ega bo`lgan yuqori malakali ilmiy, pedagogik kadrlar bilan ta`minlash, ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish; shartnoma asosida xorijiy mamlakatlarning etakchi ta`lim, tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini o`quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va o`tkazish uchun jalb etish. Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar tayyorlash bo`yicha soha mutaxassisliklari ro`yxati 1. Davlat-huquqiy faoliyat; 2. Fuqarolik-huquqiy faoliyat; 3. Jinoiy-huquqiy faoliyat; 4. Xalqaro-huquqiy faoliyat; 5. Tadbirkorlik-huquqiy faoliyat (biznes huquqi). Toshkent davlat yuridik universiteti Institut sifatisada 1991- yilda tashkil etilgan. Universitet 2013 yil 28 iyunda Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.

Mashhur bitiruvchilari[tahrir]

Oliygoh tarixi bizning davlatimizda milliy huquqshunoslik maktabining rivojlanishiga hissa qo'shgan kadrlar:

Sh._qarang[tahrir]

Oʻzbekistondagi universitetlar

Manbalar[tahrir]