Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fargʻona viloyati — Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi viloyatlardan biri. 1876-yil 19-fevralda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan Qoʻqon xonligi hududida tashkil qilingan. Tarkibiga Margʻilon, Andijon, Qoʻqon, Namangan, Oʻsh uyezdlari va Pomir kirgan. Maydoni taxminan 160,1 ming km. Maʼmuriy markazi — Yangi Margʻilon shahri (1907—24 yillarda Skobelev shahri). Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) aholisi 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, 1560411 kishidan iborat boʻlgan. Aholisining asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik va chorvachilik. Viloyatda ekin ekiladigan yerlar 860000 desyatinani tashkil qilgan. Dehqonchilikda, asosan, bugʻdoy, kunjut, paxta, tamaki, beda, joʻxori, arpa, tariq va boshqa ekilgan. Ayniqsa, paxtachilikka eʼtibor berilgan, 1901-yil viloyatning 232500 desyatina yeriga paxta ekilgan. Bogʻdorchilik rivojlangan.

Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)dan chetga paxta, ipak, jun, poyabzal, teri, gilam, sholi chiqarilgan. Mahalliy maktab va oʻquv yurtlari 2246 ta, masjidlar 6554 boʻlgan. Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) aholisi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga karshi koʻplab chiqishlar qilgan. Ayniqsa, 1898-yildagi Andijon qoʻztloni va 1916-yildagi Oʻrta Osiyo qoʻzgʻolonida faol qatnashgan. 1924-yil Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosabati bilan Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) tugatilgan.

Fargʻona viloyati
Rossiya imperiyasi viloyati

Coat of arms of Fergana Oblast 1890.svg

Ферганская область.svg

Markazi Yangi Margilon (Skoblev)
Asos solingan yili 1876-yil
Maydoni
121 141,0 km² (160 141 km²)
Aholisi
1 572 214 kishi (1897)

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Relefi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Florasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faunasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mineral resurslari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq hoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islab chiqarish mahsulotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savdo aloqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tansporti, Aloqasi, Soliq xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tibbiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dini[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom dini

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]