20-noyabr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

20-noyabrGrigoriy taqvimida yilning 324- (kabisa yilida 325-) kuni. Yil yakuniga 41 kun qoladi.


Noyabr
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30        
2016-yil

Bayramlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:20-noyabr bayramlari

- Argentinada Milliy Suverenitet kuni;

- Afrikani sanoatlashtirish kuni;

- Meksika inqilobi kuni;

- Vyetnamda O‘qituvchilar kuni;

- Xalqaro Bolalar kuni;

- Buyuk Britaniyada Qirolichaning to‘yi kuni.


Voqealar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:20-noyabr voqealari

- 284-yil — Diokletian Rim imperatori bo‘ldi;

- 1695-yil — Braziliyadagi Quilombo dos Palmeras qabilasining oxirgi hukmdori portugaliyaliklar tomonidan qatl qilindi;

- 1910-yil — Meksika inqilobi boshlandi;

- 1917-yil — Ukraina Respublikasi tashkil topdi;

- 1940-yil — Vengriya Ikkinchi jahon urushida fashistik blokka qo‘shildi;

- 1945-yil — Germaniyada 24 nafar urush aybdorlari ustidan Nyuremberg sud jarayonlari boshlandi;

- 1959-yil — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi “Bola Huquqlari to‘g‘risida”gi deklaratsiyani qabul qildi;

- 1962-yil — Karib inqirozi tugadi;

- 1969-yil — Amerika hindulari Alkatras orolini egalladi;

- 1977-yil — Misr prezidenti Anvar Sadat Isroilga tashrif buyurgan ilk arab davlati rahbariga aylandi;

- 1979-yil — 200 nafar isyonchi Makka shahridagi Masjidul Haromda 6 mingga yaqin ziyoratchini garovga oldi;

- 1985-yil — Microsoft Windows 1.0 operatsion tizimi ishga tushirildi;

- 1989-yil — Pragada Baxmal Inqilobi boshlandi;

- 1994-yil — Angola hukumati isyonchilar bilan fuqarolar urushini tugatish bo‘yicha bitim imzoladi.


Tavalludlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:20-noyabrda tugʻilganlar

- 270-yil — Rim imperatori Gay Yuliy Ver Maksimin tug‘ildi;

- 1942-yil — AQSH vitse-prezidenti Jo Bayden tug‘ilgan.


Vafot etganlar[tahrir]

Sh. qarang: Turkum:20-noyabrda vafot etganlar

- 1910-yil — rus yozuvchisi Lev Nikolayevich Tolstoy vafot etdi;

- 1975-yil — Ispaniya diktatori Franko vafot etdi.


Havolalar[tahrir]