Plakat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Plakat (nem. Plakat, frans. placard — eʼlon, afisha) — grafika turi; katta varaqqa ishlangan tasviriy sanʼat asari. Qisqa matn ilova qilinadi; tashviqot, reklama, informatsiya va oʻquv taʼlim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy P., odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada koʻpaytiriladi. Bunda shrift va matnning joylanishi, shartli ranglar (yorqin bezaklar) qoʻllanilishi muxim rol oʻynaydi. Tasviriy vosita sifatida baʼzan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir bilan) ishlatiladi.19-asr 2-yarmidan Gʻarbiy Yevropada reklama koʻrinishidagi P. yuzaga kelgan. Bungacha katta hajmdagi tashviqiy gravyura baʼzan P. deb atalgan. P. ijtimoiy-siyosiy hayot, xalq xoʻjaligi, madaniy vazifalar bilan bogʻliq xrlda rivojlandi. 1900-yillar boshlarida siyosiy P. yuzaga keldi, demokratik harakat va tinchlik uchun kurash soha-sida katta yutuklarga erishildi. 1910-yildan kitob-jur. grafikasidan uzokdashib, dastgoh grafikasiga yakinlashgan P. rangtasvir, grafika, foto sanʼati bilan koʻproq bogʻlandi. 20-asrda P. tashvi-qotning jangovar quroliga aylandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻta taʼsirchan vositaga aylangan boʻlsa, hozirgi kunda tinchlik uchun kurashda, jamiyat hayotida uch-rab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda va boshqalarda muxim rol oʻynamoqda.

Oʻzbekistonda P. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida paydo boʻldi, 20-asr 20-yillaridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qoʻlda ishlangan va koʻpaytirilgan P. va hajviy rasmlar keng qoʻllanilgan. Bosma P. 1923— 24-yillardan chop etila boshlandi. Us t a Nabi Hafizov, M.Kurzin, V.Ufimsev, V. Kaydalov va boshqa samarali ijod qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida P. yetakchi oʻrinni egalladi. P.chirassomlar uyushmasi tuzildi, OʻzTAG oynasi tashkil etildi (1941). P.da soʻnggi yangiliklar va muhim voqealar oʻz ak-sini topdi. 60—80-yillarda A.Balkanov, V.M.Gromiko, F.Kagarov, V.Yevenko, T.Tkachev va boshqa rassomlarning tinchlik, axloq, iqtisod, madaniy maʼrifiy mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan, F.Kagarovning tinchlik mavzu-idagi P.lari xalqaro anjumanlarning ramziga aylandi. Rassomlarning ijo-diy izlanishlari tufayli P. Oʻzbekistonda tasviriy sanʼatning eng taʼsirchan ommabop turiga aylandi (A.A.Ziyoyev, T.A.Toxtarova, X.Hasanov, N.Hakimov, N. Husanov, I.Abdullayev, A.Nurqobilov va boshqalar).

Axborot texnologiyasining rivojlanishi, poligrafiya ishlarining yangilanishi hamda xayotga keng koʻlamda kompyuter grafikasining kirib kelishi P.ning yangi imkoniyatlarini izlashni talab qiladi.[1]

Plakat - (nem. Plakat fr. placarde'lon, afisha plaquerdan — yopishtirish, yelimlash) — tomoshabinga tezda taʻsir etuvchi bir necha ranglar ishtirokidagi grafik tasviridir. Plakat sanʻati tasviriy sanʻatning boshqa turlaridan mavzuning oʻtkirligi, dolzarbligi va ranglar yorqinligi bilan ajralib turadi. Plakat sanʻati grafika kabi refleks, «Poluton» qora boʻyoq va oq qogʻoz bilan soya yorugʻni ifodalaydi, shakllanadi. Bunda asosan oq va qorani kontrastlar chiziq va kontur muhim rol oʻynaydi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Plakat sanʻati Rossiyada 1930-1940 yillarda, shu jumladan Oʻzbekistonda 1940-yillarda rivojlandi. Plakat sanʻatining rivojlanishga M.Cheremnix, D.Moor, V.Deni, Kupriyanov, Nikolayev, Sokolov kabi rassomlar munosib hissa qoʻshdilar. Odam qiyofasi tasvirlangan plakat boshqalarga nisbatan ajralib rassomdan chuqur bilim va mutaxassislik mahoratini talab etadi.

Odam qiyofasi tasviridagi plakat tomashabin qalbida chuqur iz qoldirishi kerak. Shuning uchun kompozitsiyada mayda detallarni keraklicha idrok bilan tahlil etish talab qilinadi. Buning uchun 1921-yili Volga boʻyida yuz bergan ocharchilikka bagʻishlangan «Pomogi» nomli plakatni misol qilib keltirish mumkin. Rassom ortiqcha detallardan voz kechib, dehqon kiyimiga odam qiyofasida-yuz, qoʻl, oyoqlarini qora fonda ifodali tasvirlab, pastki planda esa singan, quruq, ojiz bugʻdoy boshogʻi tasvirlangan, hamma butun mazmun yana bir soʻz - «Pomogi» soʻzi bilan oʻz yechimini topgan. Singan, quruq bugʻdoy boshogʻi orqali qurgʻoqchilikni onalar koʻz yoshi, bolalar koʻzidagi qoʻrquv oʻz ifodasini topgan. Koʻp yillar oʻtishiga qaramay bu plakat oʻz mohiyatini yoʻqotgan emas.

Rassom moʻyqalami va shoirning otashin soʻzlari hamkorligida II jahon urushi yillari «OKNO TASS», «Боевой карандш», tashkil etildi. Vatan himoyasiga chaqiruvchi koʻp plakatlar chiqarildi. «Fashist bosqinchilariga oʻlim!», «Berlingacha boramiz!» nomli plakatlar shular jumlasidandir. Oʻsha yillari Oʻzbekistonda Rojdestvenskiy, N.Kashina, Usta Moʻmin, L. Abdullayev, V.Kaydalov, Venediktov, S.Malt, M.Reyx kabi rassomlar plakat janrida ijod qildilar.

Keyinchalik 1960-1980 yillari xalq xoʻjaligini rivojlantirishga ekologiya, Orol muammosiga, hosil yigʻim-terimi mavzularida plakatlar yaratiladi. V.Yevenko, A.Balkanov, F.Kagarov, N.Ten, X.Xasanov, A.Ziyayev kabi rassomlar Oʻzbekistonda plakat sanʻatini rivojiga oʻz xissalarini qoʻshdilar. Plakat asosiy kompozitsiya tasviri va plakat gʻoyasini tushintiruvchi tekstdan iborat boʻlib tashviqot va targʻibot vazifasini oʻtaydi. Plakat bir qarashdayoq tomoshabinni oʻziga jalb qila olishi kerak. Shuningdek mazmun va maqsad hamda undagi mavjud matn aniq va tushunarli boʻlishi kerak. Plakat turlari siyosiy, reklama, tashviqot sifatida boʻlishi mumkin.

Shu bilan birga plakatni shartli ravishda ikki guruhga boʻlish mumkin: 1. Ornament yozuvli plakatda matn asosiy oʻrinni egallaydi, qolgan joylari ornament bilan toʻldirilgan boʻladi. Bunday kompozitsiya yechimi afisha va chaqiriq plakatlarida ishlatiladi. 2. Tasviriy-yozuvli plakatda asosiy oʻrinni mavzuli tasvir egallaydi, matn esa asosiy fikrni amaliy ifodalaydi. Asosiy vazifa tarzida amaliy mashgʻulot uchun uncha qiyin boʻlmagan ornament, matn, chaqiriq, plakat eskizini misol qilib keltiramiz. Badiiy bezak amaliyotida koʻpincha mehnat jamoalarining hayoti va yutuqlarini aks ettiruvchi mavzudagi plakatlar bajariladi. Oʻqish jarayonida olgan bilimlar asosiy mahalla yoki jamoa klubi uchun «Navroʻz» nomli mavzuga bagʻishlangan afishaga oʻzbek milliy ornamentlar va gullarning tasvirini «Hosil bayrami» kuni uchun plakatda misol tariqasida paxta, meva va sabzavotdan iborat ornament kompozitsiya yechimi tavsiya etiladi.

Turli bayramlar, yubiley marosimlari saylovlarga bagʻishlangan plakatlarda chaqiriq matnlari, ornament, emblema, gerb, lavr barglari bilan bezatilgan plakat kompozitsiyasini eskizi bajariladi. Plakat kompozitsiya eskizini dastlab bir necha kichik varaqlarda yengil chizmalar bilan tasvir va tekstni yaxshi idrok etgan holda xomaki eskizlar bajarish lozim. Eskizni bajarish jarayonida asosiy fikrni mazmun va gʻoyalarga soya va yorugʻ «kontrast» ranglarga, qaratiladi. Xomaki eskizlarda kompozitsiya va rang yechimi topilgandan soʻng yakunlovchi plakat eskizini 30x40 sm hajmda guashda bajarish mumkin. Chunki guash boʻyogʻi bezak ishlari va plakat ishlari uchun juda qulay.

Siyosiy tasviriy plakat eskizini bajarishda asosiy oʻrin tasvirga beriladi, tekst esa unga yordamchi, vosita boʻlib qoladi. Misol uchun A. Balkanovning «Gullar hur Oʻzbekiston» nomli plakatini misol keltirish mumkin. Quyosh nurlari fonida Oʻzbekiston Respublikasi gerbi, bayrogʻi tasvirlangan. Plakat orqali mehnatkash xalqning kelajagi ulugʻ va porloq ekanligini oʻqish mumkin. Shuning uchun plakat sanʻati rassomdan professional mahorat, estetik madaniyatni talab qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil