Muborak: Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
k o'zbek -> oʻzbek, replaced: O'zbek → Oʻzbek using AWB |
||
Qator 56: | Qator 56: | ||
}} |
}} |
||
'''Muborak''' — [[Oʻzbekiston]] respublikasining [[Qashqadaryo viloyati]]da joylashgan [[shahar]]. Muborak muhim [[gaz]] va [[neft]] shahridir. Shahar [[Muborak tumani]]ning markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi [[Qarshi]] shahridan 78 |
'''Muborak''' — [[Oʻzbekiston]] respublikasining [[Qashqadaryo viloyati]]da joylashgan [[shahar]]. Muborak muhim [[gaz]] va [[neft]] shahridir. Shahar [[Muborak tumani]]ning markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi [[Qarshi]] shahridan 78 km masofada joylashgan. |
||
== Tarixi == |
== Tarixi == |
||
Qator 62: | Qator 62: | ||
== Demografiyasi == |
== Demografiyasi == |
||
Muborakning aholisi 31 455 kishidir.<ref>{{cite web|title= |
Muborakning aholisi 31 455 kishidir.<ref>{{cite web|title=Oʻzbekiston: Eng katta shaharlar va ularning aholisi {{ref-es}}|url=http://population-statistics.com/wg.php?x=&men=gcis&lng=es&des=wg&geo=-225&srt=npan&col=abcdefghinoq&msz=1500|work=World Gazetteer|accessdate=30-may, 2012}}</ref> 2002-yil aholi soni 28 300 kishi boʻlgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> Muborakda asosan [[oʻzbeklar]] yashaydi. Shuningdek, [[tojiklar|tojik]], [[ruslar|rus]], [[turkmanlar|turkman]], [[ukrainlar|ukrain]], [[ozarbayjonlar|ozarbayjon]] va boshqa millat vakillari ham bor. |
||
== Iqtisodi == |
== Iqtisodi == |
20-Iyul 2015, 04:58 dagi koʻrinishi
Muborak — Oʻzbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan shahar. Muborak muhim gaz va neft shahridir. Shahar Muborak tumanining markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan.
Tarixi
Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziyga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.
Demografiyasi
Muborakning aholisi 31 455 kishidir.[1] 2002-yil aholi soni 28 300 kishi boʻlgan.[2] Muborakda asosan oʻzbeklar yashaydi. Shuningdek, tojik, rus, turkman, ukrain, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor.
Iqtisodi
Muborak muhim gaz va neft shahridir.[3] Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan.
Madaniyati
Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, to'rt avtokorxona, o'n qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, pedagogika-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.
Transporti
Muborak Qarshi—Buxoro temir yoʻlidagi stansiyadir. U yerga Kitob—Qarshi—Buxoro poyezdi qatnaydi. Shuningdek Muborakdan Koson, Qarshi, Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.
Manbalar
- ↑ „Oʻzbekiston: Eng katta shaharlar va ularning aholisi (isp.)“. World Gazetteer. Qaraldi: 30-may.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Uzbekneftgaz“ boʻyicha qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 30-may.
Havolalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |