Kontent qismiga oʻtish

Yuvenaliy Bakulin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yuvaneliy Alekseyevich Bakulin
O`zbekiston Kompartiyasi Andijon viloyat qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1942  1944
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Konstantin Shubladze
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1903
Nikolayev, Samara guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti nomaʼlum
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Yuvaneliy Alekseyevich Bakulin (1903—?) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyat qoʻmitasi 1-kotibi (1942—1944).

1931-yildan VKP (b) aʼzosi.

Oʻzbekiston SSRda masʼul partiya ishida, Oʻzbekiston KP (b) MK qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1942-yilgacha - Oʻzbekiston KP (b) MK Andijon viloyati boʻyicha tashkiliy byurosining 1-kotibi boʻlgan. 1942—1944 yillarda — Oʻzbekiston KP (b) Andijon viloyati qoʻmitasining 1-kotibi. U „vazifani bajara olmagan“lik ayblovi bilan lavozimidan chetlashtirilgan.

1945—1947-yillarda — Ukraina KP (b) Jitomir viloyat qoʻmitasining 2-kotibi. 1947-yildan 1950-yil 9-maygacha Ukraina KP (b) Poltava viloyat qoʻmitasining 2-kotibi. Ukraina SSR Oliy Kengashining 2-chaqiriq deputati.

SSSR Paxtachilik vazirligida masʻul ishda ishlagan.