Navoiy konchilik instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Navoiy konchilik instituti — kon-metallurgiya sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan davlat oliy oʻquv yurti. Navoiy shahrida joylashgan. Institut 1995 yilda "Qizilqumnodirmetalloltin" davlat konserni koshida tashkil etilgan. Institut tarkibida konchilik, kimyo-metallurgiya, energomexanika, Zarafshon umumtexnika (Zarafshon shahrida) va Olmalik, konmetallurgiya (Olmaliq shahrida) fakultetlari va 21 kafedra mavjud boʻlib, 10 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar (2 kasbiy taʼlim; menejment; elektroenergetika; metallurgiya; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish; kimyoviy texnologiya; konchilik ishi; avtomatlashtirish va boshqaruv; kon elektromexanikasi) va 5 mutaxassislik boʻyicha magistrlar (rangli va nodir metallar metallurgiyasi; foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish; foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish; foydali kazilmalarni boyitish; kasb-hunar fanlarini oʻqitish metodikasi) tayyorlanadi. Institut qoshida instituternat litseyi faoliyat koʻrsatadi. 2002/2003 oʻquv yili institutda 2,5 mingga yaqin talaba oʻqidi; 7 fan doktori va professor, 44 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut olimlari xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy oʻquv yurtlari bilan oʻquv jarayonini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar ishlarini hamkorlikda olib borish boʻyicha aloqalar oʻrnatgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil