Kontent qismiga oʻtish

Taksi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Taksi

Taksi (frans. taxi), taksomotor — yoʻlovchilar yoki yuk tashishda foydalaniladigan yengil yoki yuk avtomobili. Odatda kira haqi taksometr boʻyicha toʻlanadi. Birinchy taksilar Londonda 1903-yil, Moskvada 1907-yil, Peterburgda 1937-yil, Toshkentda 1934-yil paydo boʻlgan. Taksi sifatida koʻplab ishlab chiqariladigan yengil va yuk mashinalari, maxsus avtomobillardan foydalaniladi. Muayyan yoʻnalishlar boʻyicha belgilangan vaqt oralatib qatnaydigan taksilar marshrutli taksilar deb ataladi. Bunday taksilar uchun maʼlum qiymatdagi haq stavkasi belgilab qoʻyiladi.

Baʼzi mamlakatlarda taksilar yoʻlda ajralib turishi uchun odatda maʼlum bir rangga boʻyaladi.