Qirgʻiziston — versiyalar orasidagi farq

Jump to navigation Jump to search
k
qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
 
== Tabiati ==
Q.ning koʻp qismi Tyanshan togʻlarida, qolgan qismi PomirOlay togʻlarida joylashgan. Mamlakat hududining 94 % dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1/2 qismi 3000-4000 m baladliklar orasida. Parallel togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqiiida) Gʻalaba choʻqqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan togʻ tizmalarining relyefi alp tipli boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqkoʻl soyligi bor. Q.ning garbiy qismida Gʻarbiy Tyanshan togʻlari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Q.ning jan.janubi-gʻarbiy qismiga Fargʻona soyligining shim., sharqiy va jan.janubiy chekkalari kiradi. Jan.Janubiy da turkiston tizmasining shim.shimoliy yon bagʻri, Olay tizmasi, Olay vodiysi va Orqa Olay tizmasi shim.shimoliy yon bagʻri Q.ga karashli.
 
Foydali qazilmalardan neft, gaz, qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʻgʻoshin-rux, surma rudalari konlari bor.
 
Iqlimi kontinental iqlim, yogin miqdori oʻrtacha, havo quruq va kam bulutli. Relyefi togʻli va balandliklar farqi katta boʻlganligi uchun iklimi quruq subtropik iqlimidan baland togʻ tundrasi iqlimigacha oʻzgarib boradi. Yanv.ningYanvarning oʻrtacha temperaturasi vodiylarda —1" dan —8" gacha, togʻlarda —8" dan −27" gacha; iyulda vodiylarda 20"—27", baland togʻlarda 5" va undan past. Yillik yogʻin Tyanshan sharqida 180-250 mm dan Fargʻona tizmasining jan.janubi-gʻarbiy yon bagʻrida 900 — 1000 mm gacha. Togʻ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Jan.Janubiy Inilchek va Shim.Shimoliy Inilchek muzliklaridir.
 
Daryolari Orol depgizi, Tarim, Issiqkoʻl va Balxash koʻli havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 koʻl bor. Yiriklari: Issiqkoʻl, Soʻnkoʻl, Chatirkoʻl. Tuproqlari choʻl va yarim choʻl yerlarda boʻz tuproq, daryo qayirlari va koʻl sohillarida allyuvial, oʻtdoqi va oʻtloqi-botqoqtuproqlar. Togʻlarning choʻl-dasht mintaqasida qoʻngʻir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, togʻlarning sernam yon bagirlarida qora tuproqlar, togʻ tepalarida togʻ-oʻrmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan.
 
== Tarixi ==
Q.da topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Q.ning shim.dashimolida saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7— 3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy r-nlarrayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shim.dagishimolidagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Q. Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Q. Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shim.Shimoliy K.da oʻtroqhayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Q. hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Q.dagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼmin-lab turishgan.
 
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Q. hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shim.Shimoliy Q.da shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348 yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7 marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425 yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shim.Shimoliy Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
 
16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18-asr oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814 yil va 1824 yil lardayillarda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar qurilgan. 19-asr ningasrning 60—70 yillarida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917 yil noyabr — 1918 yil iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil apr.daaprelda q. [[yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi]]. 1921—22 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924 yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924 yil 14 okt.daoktabrda RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 yil 25 mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926 yil 1 fevral
 
dan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936 yil 5 dek.dandekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990 yil dek.dandekabrdan Q. Respublikasi deb ataldi. 1991 yil 31 avg .avgust da respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993 yil 5 maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.
 
2005 yil martda Q.da yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Q. — 1991 yil 31 dek.dandekabrdan MDH tarkibida. 1992 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31 avg .avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991).
 
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushma birlashmalari. Q. agrar partiyasi, 1933 yil tashkil etilgan; Q. agrarmehnat partiyasi, 1994 yil asos solingan; „Ar-Namis“ („Or-Nomus“) partiyasi, 1999 yil tuzilgan; Q. xotin-qizlari demokratik partiyasi, 1994 yil taʼsis etilgan; q. [[demokratik harakati]], [[1993|1993 yil]]. tashkil etilgan; Q. Kommunistik partiyasi, 1999 yil asos solingan; „Mamlakatim“ harakati partiyasi, 1998 yil tashkil etilgan; „Manas-el“ („Manas xalqi“) maʼnaviy tiklanish partiyasi, 1998 yiltuzilgan; Q. kommunistlari partiyasi, 1992 yil asos solingan; „Erkin Qirgʻiziston“ progressiv-demokratik partiyasi, 1991 yil tuzilgan; „Ata-Meken“ („Vatan“) sotsialistik partiyasi, 1992 yil taʼsis etilgan. Q.kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.
Q. agrar-industrial mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoat 20,5 %, qishloq xoʻjaligi 38,4 %, xizmat koʻrsatish tarmogi 12 %, savdo 10,1 % ni tashkil etadi.
 
Sanoatining yetakmi tarmoqlari: mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari, metall kesuvchi stanoklar, elektrotexnika buyumlari, priborlar va boshqalar), rangli mstallurgiya (simob, surma va qoʻrgoshin-rux rudalarini qazib olish va boyitish), neftni qayta ishlash, yengil (ip-gazlama, jun, ipak matolar, trikotaj, koʻnpoyabzal, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish, gilam toʻqish; asosiy markazlari — Ush, Bishkek), oziq-ovqat (goʻsht-sut, un-yorma va boshqa, yirik korxonalar Bishkek shahrida joylashgan) sanoati. Koʻmir, gaz va neft qazib olinadi. Qurilish materiallari (sement, shifer, devor panellar) ishlab chiqariladi. Yiliga 12,9 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (GES va issiqlik elektr st-yalaridastansiyalarida). Norin daryosida Toʻqtagʻul, Uchqoʻrgʻon, Kurpsoy, Toshkoʻmir GESlari, Alamadin GESlar kaskadi ishlaydi. Bishkekda yirik issiqlik elektr st-yasistansiyasi mavjud.
 
Qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlar maydoni 10,1 mln. gektar (mamlakat hududining 50,9 %). 1 mln. gektar yer sugʻoriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik (yalpi mahsulotning 55 %), asosan mayin va yarim mayin junli qoʻychilik; sut-goʻsht chorvachili-gi, yilqichilik ham rivojlangan. mamlakatda 988 ming qoramol, 88 ming choʻchqa, 3765 ming qoʻy va echki, 360,7 ming yilqi, 2100 ming uy parrandasi bor (2002). Dehqonchilikning asosiy tarmogʻi — paxta, tamaki, efir moyli ekinlar yetishtirish; shuningdek, yem-xashak ekinlari, gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori), kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari ekiladi. Mevachilik, tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Qand lavlagi va beda urugi olinadi.
Respublikada 30 ming oʻrinli 250 dan ziyod kasalxona muassasalarida 15 ming vrach, 30 mingdan ortiq oʻrta tibbiyot xodimi ishlaydi. Vrach va oʻrta tibbiyot xodimlari Tibbiyot institut va bilim yurtlarida tayyorlanadi. Respublika hududida 24 sanatoriy, 21 sanatoriy-profilaktoriy, 57 dam olish pansionati, 11 dam olish uyi, 43 bolalar sogʻlomlashtirish majmuasi va boshqa dam olish maskanlari bor (2002). Mashhur kurortlari: Oqsuv, Jetioʻgʻuz, Choʻlponota, jalolobod, Jirgalan.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. 19-asrning 2-yarmida Q. hududida diniy maktablar — maktabxona va madrasalar boʻlgan. q. [[Rossiyaga qoʻshib olingach]], [[dastlabki rus boshlangʻich maktablari]], [[19-a]].ning 80-yillarida rus-tuzem maktablari ochildi. 1911 yil xotin-qizlar progimnaziyasi, 1912 yil erlar gimnaziyasi tashkil etildi; bu gimnaziya 1917 yilgacha Q. hududidagi yagona oʻrta oʻquv yurti boʻlgan. 1923 yil Q.dagi 327 maktabda 20 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqigan. Q.da 2002 yilda 2056 umumiy oʻrta taʼlim maktabida 1168,1 ming , 113 gimnaziyada 72,2 ming , 50 litseyda 18,2 ming , 75 oʻrta hunar oʻquv yurtida 31178 oʻquvchi, 49 oliy oʻquv yurti (jumladan, 16 nodavlat oliy oʻquv yurti)da 214173 talaba taʼlim oldi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Qirgich milliy universiteti, gumanitar universitet, ped. universiteti, tibbiyot akademiyasi, politexnika, sanʼat, qishloq xoʻjaligi insti-tutlari (hammasi Bishkek shahrida).institutlar Qirgʻiziston milliy Fanlar akademiyasi institut va muassasalarida, 15 universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, tarmoq vazirlik va muassasalarning i.t.ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. 2002 yil respublikada 4623 ilmiy xodim (ilmiy pedagog kadrlar bilan birgalikda), jumladan, 345 fan d-ridoktori va 1051 fan nomzodi i.t.larilmiy tadqiqotlar olib bordi. 2002 yil mamlakatda 1035 kutubxona (19 mln. 790 ming asar) faoliyat koʻrsatdi. Ularning eng yirigi — Milliy kutubxona (900 mingdan ziyod asar)dir. yirik muzeylari: Oʻlkashunoslik davlat muzeyi, Tasviriy sanʼat milliy muzeyi, Tarix muzeyi.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. 2002 yil Q.da 183 gaz. va 83 jur.jurnal nashr etildi. Yiriklari: „Asaba“ („Bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 2001 yildan), „Vecherniy Bishkek“ („Bishkek oqshomi“, rus tilidagi kundalik gaz., 1974 yildan), „Kizil Tuusi“ („Qizil bayroq“, qirgʻiz tilida haftada 2 marta chiqadigan gaz., 1924 yildan), „Literaturniy Kirgizstan“ („Qirgʻiziston adabiyoti“, rus tilida yiliga 4 marta chiqadigan jur.jurnal), „Slovo Kirgizstana“ („Qirgʻiziston soʻzi“, rus tilida haftada 3 marta chiqadigan gaz., 1925 yildan), „Erkin Too“ („Erkin togʻlar“, qirgʻiz va rus tillarida haftada 2 marta chiqadigan hukumat gaz., 1991 yildan). „KABAR“ qirgʻiz milliy axborot agentligi 1937 yil yanvarda tashkil etilgan. Qirgʻiz Respublikasi teleradioeshittirish davlat korporatsi-yasi (1937 yil asos solingan), „Almaz“ xususiy radiost-yasiradiostansiyasi, KOORT radio va televideniyesi (1992 yil tuzilgan), „Piramida“ teleradiokompaniyasi (1991 yil asos solingan) mavjud. Radio-eshittirishlar 1931 yildan, telekoʻrsatuvlar 1958 yildan boshlangan.
 
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari — ertak, doston, qoʻshiq, rivoyatlar („Kurmanbek“, „Kojojash“, „Er-Tyoshtuk“, „Janish Bayish“) va „Manas“ monumental qahramonlik eposi negizida rivojlangan. Shoir Toʻqtagʻul Sotilgʻonov ijodi 1917 yilgacha boʻlgan xalq sheʼriyatini zamonaviy sheʼriyat bilan bogʻlovchi halqa boʻldi. Barpi Aliqulov (1884—1949) sheʼrlarida ijtimoiy adolatsizlik, ekspluatatsiyaga qarshi norozilik tuygʻulari oʻz ifoasini topdi. Toʻgʻaloq Mulda oʻz sheʼrlarida qirgʻiz ayollarining turmushini bayon etdi. Qirgʻiz milliy yozma adabiyoti asoschisi shoir Aali Toʻqumboyevtr; uning dastlabki sheʼrlari 1924 yil birinchi qirgʻiz gaz. da bosilib chiqqan. 1920-yillarda dastlabki drama, qissa, dostonlar yaratildi. Qirgʻiz adabiyotidagi birinchi dramatik asar M. Tokoboyevning „Bechora Kakey“ pyesasi (1927 yil sahnalashtirilgan), birinchi nasriy asar K.Bayalinovning „Ajar“ hikoyasi (1928)dir. 30-yillarda adabiyotning barcha janr va turlari rivojlandi. [[Tugalboy Sidiqbekov|T. Sidiqbekov]], Q. Jontoshevlarning nasriy, M.Eleboyev, Q. Malikov, T. Umetaliyev, A. Osmonov, dungan shoiri Ya.Shivazaning sheʼriy, J.Turusbekov, J.Bokonboyevning dramatik asarlari bosilib chiqdi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillari (1939—45) qirgʻiz yozuvchilari vatan-parvarlik ruhida asarlar yozdilar (J. Bokonboyev, M.Eleboyev, A. Toʻqumboyev, Q. Malikov, T. Sidiqbekov, K. Bayalinov, A. Osmonov, T. Umetaliyev va boshqalar). Qirgʻiz adabiyoti urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. Adabiyotga yangi nomlar: birinchi qirgʻiz shoirasi N. Jetikashkayeva, adiblar Ch. Aygpmagpov, K.Bobulov, Sh.Abdiramanov, S.Eraliyev va boshqa kirib keldi. Yozuvchilardan N. Boytemirov,Sh. Beyshenaliyev, T. Qosimbekov va boshqa, shoirlardan T. Abilqosimova, T.Kojomberdiyev, O. Sultonov, J. Abdikalikov, S. Abiqodirova, R. Risqulov va boshqa, dramaturglardan R. Shukurbekov, T. Abdumoʻminov, B. Jaqiyev, M. Bayjiyev, B. Omuraliyev va boshqa mashhur. Qirgʻiz adiblarining koʻp asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Meʼmorligi ==
Q. hududidan miloddan avvalgi 4—1-asrlarga oid manzilgohlar topilgan; ular paxsadan qurilgan uylardan, mudofaa devorlari va minoralardan iborat boʻlgan. Qirgʻizlarning anʼanaviy turar joylari yigʻma oʻtov va xom gʻishtdan qurilgan oddiy uylar. 5—10-asrlarda shaharlar paydo boʻldi, qoʻrgʻon va qasrlar, ibodatxona, rabot, karvonsaroylar bunyod etildi. 10-asr oʻrtasi — 12-asrda masjid, minora (Oʻzgan minorasi), maqbara (peshtoq-gumbazli; Oʻzgandagi 3 maqbara) kabi monumental binolar qurildi. 13-asrdan monumental maqbara (Manas maqbarasi, 14-asr) va karvonsaroy (Toshrabot karvonsaroyi, 15-asr), koʻshklar (Oʻsh shahri yaqinida Bobur qurdirgan koʻshk, 16-asr boshi) qurila boshladi. Q. Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin shaharlar rivoj topa boshladi. Pishpak (hozirgi Bishkek), Qorakoʻl, Toʻqmoq kabi shaharlar reja asosida (bir qavatli, paxsa va xom gʻishtdan) qurila boshladi. 20-asrning 20-asrlaridan eski shaharlar qayta tiklandi, puxta reja asosida yangi shahar (Jalolobod, Qizilqiya, Koʻkyongʻoq, Talas) va shaharchalar (Koʻktosh, Qorasuv va boshqalar) barpo etildi. 30-yillarning oxiridan binolarda milliy bezaklardan keng foydalanildi (Bishkekdagi Yozgi teatr, meʼmor G.A.Gradov). 40-yillarning oxirlaridan mahalliy sharoit hisobga olingan holda yirik shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqildi, shaharlar shu reja asosida qurila boshladi. 1960—70 yillarda binolar yigʻma temir-beton va shishadan barpo etila boshladi (Qirgʻiziston FAFanlar akademiyasi binosi, 1960-yillar; Rus drama teatri, 1971; Sport saroyi, 1974, meʼ-mor M.Maruxov; Tasviriy sanʼat muzeyi, 1974, meʼmorlar Sh.Jekshenbo-yev, V.Nazarov, D.Irisqulov, hammasi — Bishkek shahrida; Oʻsh shahridagi „Semetey“ kinoteatri, 1976). Kurortlar qurilishiga eʼtibor berildi (Issiqkoʻl atrofida yirik kurort rni barpo etildi). Mamlakatda birinchi yirik panelli toʻqqiz qavatli uy 1975 yil, oʻn ikki qavatli uy 1982 yil, oʻn sakkiz qavatli uy 1985 yilquriddi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Q. hududidan topilgan qad. sanʼat asarlari namunalari neolit davriga mansub (Oq choʻnqir qoyatosh rasmlari, Soymalitosh rasmlari). Jez davrida qirma va qolipaki naqshli sopol idishlar tayyorlangan. Q.ning shim.shimoliy hududlari va Tyanshandan qoʻtos, echki, sher, qoplonlarning bronzadan quyilgan haykalchalari topilgan (miloddan avvalgi 7-asr — milodiy 5-asr). 5—10-asrlarda qabrlar ustiga tosh haykalchalar oʻrnatilgan. 4—5-asrlarga mansub sugʻdiylar qoʻrgʻonidan loydan quyib, har xil rangga boʻyab ishlangan Budda haykali (boʻyi 12 m dan ortiq) topilgan. Oʻtroq aholi oʻrtasida sirlangan sopol idishlar, oʻyma naqsh bilan bezatilgan ostadonlar tayyorlash, koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida ot abzallarining qismlarini metalldan bezab tayyorlash rivojlangan:Q.da tasviriy sanʼat rivojida rassomlar V.V.Obrazsov, S.A.Chuykov, haykaltarosh O.M.Manuilova katta rol oʻynadi. 1930-yillardan qirgʻiz milliy rassomligining asoschilaridan biri Gʻ.Aytiyev samarali ijod qildi. 1935 yil Bishkekda badiiy studiya (1939 yildan Badiiy bilim yurti) ochildi. 1930-yillarda rassomlikda manzara janri rivoj topdi (S.A.Chuykov, Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov va boshqalar). 1930-yillarning oxirlarida grafiklardan L.A.Ilina, A.I.Mixalyov, A.A.Sgibnev va boshqa samarali ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushi yillari tashviqot va satirik grafika (plakat, karikatura) yuksaldi, urush qahramonlariga bagʻishlangan rassomlik asarlari, haykallar ijod qilindi. 1950-yillarda portret va manzara janrlari rivojlandi (Gʻ.Aytiyev, S.Oqilbekov). 1950-yillarning oxiri — 60-yillarda A.Usubaliyev, S.Ishenov, D.Jumaboyev, A.Usmonov kabi rassomlar yetishdi. 1960 yillarda haykaltaroshlardan T. Sodiqov, A.Muhiddinov samarali ijod qildilar.
 
Xalq sanʼatida gilamchilik, kigiz bosish, kashtadoʻzlik, charm buyumlari tayyorlash va ularni bezash, kulollik kabi anʼanaviy tarmoklar rivojlangan.

Navigatsiya