Mirsaid Mirrahimov
Mirsaid Mirrahimov | |
---|---|
Mirrahimov Mirsaid Mirhamidovich | |
Tavalludi |
27-mart 1927-yil |
Vafoti |
2-oktyabr 2008-yil (81 yoshda) Bishkek |
Fuqaroligi | Qirgʻiziston |
Millati | oʻzbek |
Turmush oʻrtogʻi | Nelya Yarrulovna Yusupova |
Mirrahimov Mirsaid Mirrahimovich (ruscha: Мирсаид Мирхамидович Миррахимов) — vrach-terapevt, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qirgʻiziston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, SSRI, Nyu-york tibbiyot fanlari akademiyakari aʼzosi. SSSI oliy soveti deputati. Ijtimoiy mehnat qahramoni. Millati Oʻzbek.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mirsaid Mirrahimov 1927-yilda Frunza (hozirgi Bishkek) shahrida musiqachilar oilasida tavallud topgan. 1934-yili 7 yoshga toʻlganida 1-sinfga borgan. Ota-onasi uni oʻzbek tilida taʼlim beruvchi toʻliq emas oʻrta-taʼlim maktabida oʻqitadilar. Maktab yillaridayoq Mirrahimov oʻz doʻstlaridan ijobiy hislatlari bilan ajralib turgan. Hamma bolalar kabi oʻynoqi boʻlgan emas, yoshligidan kitob oʻqishni yoqtirgan. Maktabda oʻqib yurganda shaxmat oʻynashni oʻrgangan. 1948-yili, 21 yoshida Qirgʻiziston davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. 1955-yilda "Tibbiyot ilmlari doktori", 1966-yili "professor", 1974-yili Qirg'iz SSRi ilmlar akademiyasi Akademiki, 1988-yili SSRI tibbiyot fanlar akademiyasi Akademiki va 1993-yili Markaziy Osiyo kordiologlar assotsatsiyasi direktori lavozimlarini egallagan. 3 farzandning otasi. 2008-yili, 2-oktabrda vafot etgan va Bishkekdagi Ala-Archa mozoriga ko'milgan.
Qo'shimcha ma'lumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- SSRI oliy soveti deputati;
- Frunza shahar kengashi deputati;
- Qirg'iz SSRi Oliy kengash duputati (3 marotaba);
- Markaziy Osiyo "Tibbiyot" jurnali bosh direktori;
- "MDH Kardioligiyas" jurnali bosh muharrir o'rinbosari;
- "Odam biyologiyasi", "Xemoretseptor" xalqaro assotsotsiyalari aʼzosi;.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]700dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Ulardan: 39 monografiya, 63 ilmiy maqola, referatlar va ko'plagan tibbiyoy maqolalari. 19ta kashfiyot muaalifi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1961-yili "Hurmat belgisi" ordeni (ikki marotaba);
- 1976-yili "Oktabr revolyutsiyasi" ordeni;
- 1977-yili "SSRI sog'liqni saqlash a'locisi", "QR xalq a'lochisi", SSRI oliy soveti to'rt hurmat gramotasi;
- SSRI, QR Davlat mukofoti laureati fan va texnika sohasida;
- 1978-yili Qirg'iziston Respublikasi Davlat mukofoti laureati;
- 1981-yili V.I.Lenin ordeni;
- 1987-yili "Ijtimoiy mehnat qahramoni" (oltin yulduz) medali.
- 2000-yil "2000-yil Odami" (Qirg'iziston)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mirsaid Mirrahimov (Wayback Machine saytida 2014-03-24 sanasida arxivlangan), knews.kg (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Geroi strany (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Akademiklar ensiklopediyasi (rus.)
- Mirsaid Mirrahimov, Kto ets' kto (rus.)