Joʻraxon Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Жўрахон Раҳмонбердиевич Раҳмонов
Asl ismi рус. рус. Рахманов Джурахан Рахманбердиевич
Tavalludi sanasi 18.08.1917
Tavallud joyi Qirgʻiziston bayrogʻi Oʻsh shahrida
Vafot sanasi 7.04.1977
Vafot joyi Qirgʻiziston bayrogʻi Oʻsh shahrida
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRIQirgʻiziston bayrogʻi
Turmush oʻrtogʻi Oyimxon (3.01.1929-20.09.1997)
Ota-onasi Rahmonberdi Madazimov - davlat arbobi, Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi va tashkilotchisi, yozuvchi.Bibihon 1884 - 26.03.1922 Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari 2 darajali Order gpw2 rib.png, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorliqlari, 9 besh yillik gʻolibi, Qirgʻiziston SSR Madaniyat vazirligi faxriy yorligʻi, Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchisi sifatida koʻplab medallar.
Bolalari Mamir Joʻrayev (29.05.1949), Anziratxon (18.10.1951), Muyassarxon (27.07.1955), Sanjarbek hoji (4.12.1959-1.05.2012), Minuraxon (29.05.1962), Muazzamxon (2.09.1964), Anvar (13.03.1969-6.03.2004).

Joʻraxon Rahmonov (19171977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[1], Qirg'iziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.

Hayot yoʻli[tahrir]

Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov 1917-yilda Oʻsh shahrining „Shayxlar“ mahallasida tugʻildi. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari va rejissyori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan.[2] Joʻraxon Rahmonov 20 yoshga toʻlganda, dadasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1937-yildan boshladi. 1938-yili Sovet armiyasi safiga chaqirildi. Fin va Ikkinchi Jahon Urushilarida va Leningrad qamalida ishtirok etgan. 2-Belorus frontining 9-tank korpusi[3] 95-tank brigadasida[4] katta serjant lavozimida xizmat qilgan. Rossiyani, Ukrainani, Bellorussiyani, Polshani, Germaniyani, Berlin va Reyxstagni ozod etishda qatnashgan.[5] SSSR mudofaa vaziri, Sovet Ittifoqi marshali A.Grechko Joʻraxon Rahmonov nomiga Gʻalaba kuni bilan yozma tabriknoma joʻnatgan. Kommunistik partiya va Sovet hukumati Joʻraxon Rahmonovning Ikkinchi Jahon Urushidagi jasoratlarini yuksak baholab, urush davridagi koʻrsatgan qahramonliklari uchun II darajali "Vatan urushi" ordeni (buyruq 9-TK № 015/p 23 avgust 1943 yil) va koʻplab medallar bilan taqdirlangan.[6]

Pochchasi Izzatullo Sultonov Yangiyoʻl tumaniga koʻchib ketadi va Shuralisoy qishloq kengashini tuzib, maʼsul kotibi, soʻng raisi lavozimlarida ishlaydi va yangi yerlar oʻzlashtirishda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda faol ishtirok etadi. Ulugʻ Vatan urushi tugagach, Shuralisoyda yangi teatr ochib, unga jiyani Joʻraxon Rahmonovni chaqirtiradi va u umr yoʻldoshi Oyimxon bilan keladi. Joʻraxon Rahmonov teatrni asoschisi va badiiy rahbari boʻlgan. U teatrda qarindoshlari Zulfiya, Karomat opalar, pochchasi Toshkentboy naychilar ishlashgan. Shuralisoydagi teatrni ijodiy faoliyatini yoʻlga qoʻygandan soʻng Joʻraxon Oʻsh drama teatriga qaytib keladi. Ijodiy jamoaning va Joʻraxon Rahmonovning kamolotga erishuvida Ch.Aytmatovning „Momo yer“, K.Yashinning va M.Muhamedovning „Dilorom“, V.Shekspirning „Otello“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi. Teatr ellikinchi-olmishinchi yillarga kelib mustamlaka va qaram mamlakatlarda milliy ozodlik harakatining avj olishi, mazlum xalqlarning ozodlik, demokratiya uchun kurashi mavzuiga, aniqrogʻi [[xorijiy Sharq yozuvchilarning shu mavzudagi asarlariga murojaat etdi. Yozuvchi Sohib Jamolning „Guli siyoh“, „Afsonaviy shaxs“ asarlari asosida ishlangan musiqali dramani tomoshabinlar mamnuniyat bilan kutib oldilar.

Ijodiy jamoa va uning safida Joʻraxon Rahmonov kamolot pillapoyalaridan dadil koʻtarilib borib, jahon va rus adabiyoti klassiklarining asarlariga murojaat qila boshladi. Birdaniga uchta klassik asar: N.Gogolning „Revizor“ va „Uylanish“, Karlo Gotssining „Malika Turandot“ sahnaga qoʻyildi va Joʻraxon Rahmonov ularda bosh rollarni ijro etdi. Keyingi yillarda Sh.Rashidovning „Qudratli toʻlqin“, K.Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, „Qizil galstuk“, F.Shillerning „Makr va Muhabbat“, K.Goldonining „Ikki xoʻjayinning bir quli“, A.Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“, N.Boytemirovning „Urqiya“, „Toʻy oldidan toʻpolon“, „Sevgi, jaz va shayton“ asarlarida Joʻraxon Rahmonov bosh rollarni muvaffaqiyatli oʻynadi. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz tilini aʼlo darajada bilgani uchun Oʻsh shahrida qirgʻiz drama teatri (1974 yili qurilgan) tuzilguncha qirgʻiz yozuvchilarining klassik va zamonaviy dramalarini Bobur nomli teatrida sahnalashtirishida faol qatnashgan. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz dramaturglari pesalaridagi rollarni sof qirgʻiz tilida ijro etgan. Bu bilan u mustaqil Qirgʻiziston tuzilguncha qirgʻiz tilini teatr sahnasida targʻibot-tashviqot qilgan. 1957 yili Qirgʻiziston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. 14-25 oktabr 1958 yili Joʻraxon Rahmonov teatr jamoasi bilan birga Moskva shahrida Qirgʻiziston sanʼati va adabiyoti ikkinchi dekadasida qatnashdi. 20 fevral 1961 yili Qirgʻiziston teatr jamiyati 1 sʼezdida qatnashdi. 1967 yili teatr safida Joʻraxon Rahmonov qardosh Tojikistonda gastrolda boʻldi. Gastrol muvaffaqiyatli oʻtganligi uchun jamoa Tojikiston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. 11-17 iyul 1967 yili Moskvada Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati kunlarida qatnashdi. 4-14 sentyabr 1969 yili Oʻzbekistonda Qirgʻiziston adabiyoti va sanʼati dekadasida qatnashdi. 2-10 aprel 1970 yili V.Lenin 100-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati bayramida qatnashdi. 1-10 iyun 1974 yili Qirgʻiziston SSR va Qirgʻiziston Kompartiyasi 50-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati „Olatogʻ bahori“ 5-festivalida qatnashdi.

Teatr jamoasi 1974 yili qardosh Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda gastrolda boʻldi. Teatr jamoasi ilgari bir necha marta Oʻzbekiston poytaxtida gastrolda boʻlsa-da, bu safargisi dastur koʻlami jihatidan birinchi katta gastrol edi. Toshkentlik sahna muxlislariga toʻrt spektakl — Sharof Rashidovning „Qudratli toʻlqin“ musiqali dramasi, Joʻra Mahmudovning „Sohibjamol“ lirik fojiasi, Qosimali Jontoʻshevning „Moʻylovli qiz“ musiqali komediyasi va Umarjon Ismoilovning „Rustam“ musiqali dramasi hamda katta konsert dasturi namoyish etildi. Tomoshabinlar har bir spektakl va konsertni mamnuniyat bilan kutib oldilar. Safar davomida teatr jamoasi sanʼatni targʻib qilishda muxim rol oʻynagan gastrollarni Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli oʻtkazganligi uchun Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. Hamma oʻynagan bosh rollari yuksak baholanib, teatrning etakchi aktyori Joʻraxon Rahmonovga Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining 5 iyul 1974 yildagi 164 sonli qaroriga asosan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi.[7] Ushbu faxriy unvonni qirgʻizistonlik faqat ikkita artistgina olgan.[8]

1977 yili teatrda quvonchli voqea yuz berdi. Teatr 1977 yilning birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha Butunittifoq sotsialistik musobaqasida Ittifoq teatrlari ichida ikkinchi oʻrinni egalladi. Teatr nomiga KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod, SSSR madaniyat vaziri P.N.Demichev va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari MQ raisi M.Pashkovdan tabrik telegrammasi keldi va teatr diplom va fahriy yorliq bilan taqdirlandi. 1992 yili avvalgi Kirov nomi oʻrniga teatrga Z.M.Bobur nomi berildi.

Joʻraxon Rahmonov teatr sahnasida 100 dan oshiq rollarni ijro etgan komik, tragik, lirik va dramatik aktyor boʻlgan.[9] Uning teatrdagi koʻplab komik luqmalarini, hazil-mutoyibalarini va askiyalarini dramaturg Abdugʻani Abdugʻafurov „Mushtum“ jurnalida, 2000 yilda nashr etilgan „Oʻshning oqil farzandlari“ kitobining 129-130 betlarida yozgan. Abdugʻani Abdugʻafurovning fevral 2010 yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 6, 45 betlarida Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan, 41 betda Joʻraxon Rahmonovning teatr jamoasi bilan birga tushgan rasmi chiqqan. Joʻraxon Rahmonovning Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi rayosatining ikki marta (№ 44880 10 fevral 1968 yil va № 52654 28 avgust 1974 yil) fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Qirgʻiziston boʻyicha ushbu fahriy yorliq bilan ikki marta mukofotlangan arboblar sanoqli boʻlgan. 28 yanvar 1976 yili IX besh yillik golibi medali bilan mukofotlandi.[10]

1977 yil 7 aprel kuni Joʻraxon Rahmonov kasallikdan soʻng vafot etdi. Juma kuni, uni qabrga qoʻyish marosimida Oʻsh viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, keyinchalik respublika vazirlar kengashi raisi Sulton Ibraimov, Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi rahbarlari Sultanov, Sidorov va boshqa rasmiylar qatnashgan. Ular oʻzining xayrlashuv soʻzlarida Joʻraxon Rahmonov xaqida iliq soʻzlar aytishgan.[11] Joʻraxon Rahmonov vafot etgandan soʻng, qarindoshlarini Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi chaqirdi va vafot etgan teatr artistini xotirasini abadiylashtirish kerakligini va u tugʻilib oʻsgan va yashagan Alebastrova koʻchasini uni sharafiga nomlash kerakligini aytdi. Lekin qarindoshlari azada edi, hech qaerga borishmadi va murojaat etishmadi. Shuning uchun boʻlsa kerak oʻsha paytda Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi Joʻraxon Rahmonov nomiga koʻchani nomlamadi. Qarindoshlari esa soddaligi, tortinchoqligi va jiddiyligi tufayli oʻzlari ushbu masalani boshqa koʻtarmadi va elib-yugurmadi. Lekin koʻp yillar oʻtgandan soʻng, tushunib yetyapmizki, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan arboblarni xotirasini abadiylashtiribgina, biz oʻsib kelayotgan avlodda Qirgʻiziston xalqlarining madaniyatini hurmat qilish hissini tarbiyalay olamiz. Joʻraxon Rahmonov ettita farzandni tarbiyalagan. Uyida hamisha pokizalikni talab qilgan. Joʻraxon Rahmonovning toza, ajoyib, maʼnaviy barkamol, insonparvar, yorqin siymosi bizning xotiramizda va qalbimizda abadiy saqlanib qoladi.

Joʻraxon Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati boʻlib saylangan.

Oʻynagan rollari[tahrir]

Filmografiya[tahrir]

Yil Oʻzbekcha nomi Haqiqiy nomi Roli
1971 Захар Беркут Zaxar Berkut Epizod
1972 Koʻcha Kocho Xoʻroz oʻyinchisi
1964 Joʻra Joʻra Bosmachi
1939 Azamat Azamat Epizod

Artist[tahrir]

Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrida ijodiy faoliyati 1937-1977 yillarda. Yuzlab rollar ijro etgan, koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan. Tomoshabinlarga quyidagi oʻynagan bosh va epizodik rollari yoqqan: „Boy ila xizmatchi“dagi batrak, „Toʻqtagʻul“dagi Toʻqtagʻul, „Revizor“dagi shahar hokimi, „Uylanish“dagi pristav, M.Rahmonning „Botir va Raʼno“, „Ravshan va Zulxumor“dagi Aynoq botir, „Momaqaldiroq“dagi Dikoy, „Toshbolta oshiq“dagi Toshbolta, „Tohir va Zuhra“dagi Boboxon, "Farhod va Shirin"dagi Yosuman, „Vatan ishqi“dagi Mavlon, „Besh soʻmlik kelin“dagi ota, „Fargʻona tong otguncha“dagi Qodirqul mingboshi, Ch.Aytmatovning „Birinchi oʻqituvchi“, F.G.Litvinskaya, M.Azizovning „Qonli kunlar“, Sohib Jamolning „Ajoyib shaxs“, „Orzigul“dagi shoh, M.Karimovning „Notanish tanishginam“dagi Jengish ogʻa, Nemis ofitseri roli, A.Qodiriyning „Oʻtgan kunlar“, „Nodira“, „Surmaxon“, „Aziz qizlar“, A.Abdugʻafurovning „Qizgʻanchiqlik“, „Aldangan qiz“, Sh.Rashidovning „Boʻrondan kuchli“ va boshqa koʻplab rollari tanqidchilarning tahsinlarini olgan va tomoshabinlarni esida koʻp yillar davomida hanuzgacha qoldi. Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati[tahrir]

God Nazvanie Originalnoe nazvanie oʻzb. {{{1}}} Avtor
1937 Obman i lyubov Makr va muhabbat Shiller
1937 Farxad i Shirin Farhod va Shirin Sh. Xurshid
1938 Слуга двух господ Ikki xoʻjayinga bir qul K.Goldoni
1938 Sablya Uzbekistana Oʻzbekiston qilichi Sabir Abdulla
1946 Chest jenщini Ayol nomusi Muxtarov
1947 Vesna Navbahor Уйгун
1947 Farxad i Shirin Farhod va Shirin Xurshid
1948 Krasniy galstuk Qizil galstuk K. Trenyov
1948 Pesnya jizni Hayot qoʻshigʻi Уйгун
1948 Altinkul Oltinkoʻl Уйгун
1949 Lepestki Gʻunchalar Z. Fatxullin
1949 Semurg Semurgʻ Хамид Алимджан
1950 Adolat Adolat Ismoil Akram
1950 Алпамыш Alpomish Sabir Abdulla
1951 Toktogul Toʻqtagʻul J. Bokonbaev
1951 Лейли и Меджнун Layli va Majnun Xurshid
1952 Yoriltosh Yoriltosh Shukur Saʼdulla
1952 Radost Shodlik Maxmud Raxmon
1952 Shyolkovoe syuzane Shohi soʻzana Abdulla Kaxxar
1953 Alisher Navoi Alisher Navoiy Izzat Sultan
1953 Natalka Poltavka Natalka Poltavka N. Lisenko
1953 Nurxon Nurxon K.Yashin
1954 Prazdnik na pole Dalada bayram Shukur Saʼdulla
1954 Serdechnie sekreti Yurak sirlari Baxrom Raxmonov
1955 Oftobxon Oftobxon K.Yashin
1955 Devushka reki Gang Gang daryosining qizi Rabindranat Tagor
1956 Ravshan i Zulxumor Ravshan va Zulhumor K.Yashin
1956 Lyubov k Rodine Vatan ishqi Z. Fatxullin
1956 Sunduk sekretov Sirli sandiq I. Axmedov
1957 Алпамыш Alpomish Sabir Abdulla
1957 Yulduz Yulduz Samad Vurgun
1958 Oygul i Baxtiyar Oygul va Baxtiyor Хамид Алимджан
1958 Imenem revolyutsii Revolyutsiya nomi bilan M. Shatrov
1959 Orzigul Orzigul Tursun Sobirov
1959 Ashik Garib i Shaxsanam Oshiq Gʻarib va Shohsanam Axmad Bobojon
1959 Tayfun Tayfun Axmad Bobojon
1959 Sekreti parandji Paranji sirlari Xamza
1960 Na visokoy zemle Baland erda Kubanichbek Malikov
1960 Tashbalta vlyublyon Toshbolta oshiq Хамид Гулям
1960 Принцесса Турандот Malika Turandot Karlo Gotssi
1961 Yesli tvoya golova krivaya Basharang qiyshiq boʻlsa Rixsi Orifjonov
1961 Dilorom Dilorom K.Yashin
1962 Dva brasleta Ikki bilakuzuk Shukur Saʼdulla
1962 Sudba otsa Otaning taqdiri Beksultan Jakiev
1963 Ditya Farzand Muxammadjon Xayrullaev
1963 Golos iz groba Tobutdan tovush Abdulla Kaxxar
1963 Meli xobbon, Nabi tovon Meli habbonu Nabi tovon Yaxyoxon Mamatxonov
1964 Tragediya poemi Gʻazal fojiasi Axmad Bobojon
1964 Dorogie devushki Jon qizlar Bayseitov, Shangitboev
1964 Otello Otello U. Shekspir
1964 Chertova devushka Shayton qiz Kasimali Djantoshev
1964 Nimmi Nimmi Prem Chand
1965 Guli siyox Guli siyoh Saxib Jamal
1965 Lyubov v molodosti Yoshlikda bergan koʻngil Z. Fatxullin
1965 Gorniy berkut Togʻ burguti Kasimali Djantoshev
1965 Polyot berkuta Burgutning parvozi Иззат Султан
1966 Neizvestniy chelovek Nomaʼlum kishi Иззат Султан
1966 Gul i Navruz Gul va Navroʻz Sabir Abdulla
1966 Materinskoe pole Momo er Chingiz Aytmatov
1966 Parvona Parvona Уйгун
1967 Dilorom Dilorom Алишер Навои
1967 Abdulla Nabiev Abdulla Nabiev Adxam Raxmat
1967 Svati Qudalar Utkir Rashid
1967 Devushka s usami Moʻylovli qiz Kasimali Djantoshev
1968 Skorpion iz altarya Mehrobdan chayon Abdulla Kadiri
1968 Stryapuxa zamujem Pazanda kuyovga chiqdi Anatoliy Sofronov
1968 Novaya nevesta Yangi kelin Mirzabek Toybaev
1968 Mej dvux ogney Ikki oʻt orasida Bekniyozov, Ismailov
1968 Sojalenie Pushaymon Abdugani Abdugafurov
1969 Jenitba Uylanish N. V. Gogol
1969 Strannie veщi Ajab savdolar Хамид Гулям
1969 Moguchaya volna Qudratli toʻlqin Sharaf Rashidov
1969 Kogda zarya vzoydyot nad Ferganoy Fargʻonada tong otguncha Mirzakalon Ismoiliy
1970 Kto smeyotsya poslednim Yiqilgan toyganga kular T. Abdumomunov
1970 Nevesta za 5 som Besh soʻmlik kelin M. Ordubadi
1970 Deshyoviy jenix Arzon kuyov Shuxrat
1970 Trebuetsya ljes Yolgʻonchi darkor Dimitras Psafas
1971 Priklyucheniya Chandu Chanduning sarguzashtlari A.D. Ilovayskiy
1971 Obman po shariatu Hiylai sharʼiy Guntekin
1971 Rustam Rustam Umarjon Ismailov
1971 Pered rassvetom Tong oldidan Suorun Omolloon
1972 Chertovoe pokolenie Shayton avlod Muxtarov
1972 Devushka Atabeka Otabekning qizi Toktobolot Abdumomunov
1972 Zlo ot appetita Baloyi nafs A. Abdugafurov
1973 Nachalo jizni Hayotning boshlanishi Abdukaxxor Mannonov
1973 Groza Momaqaldiroq Aleksandr Ostrovskiy
1973 Tashbalta vlyublyon Toshbolta oshiq Хамид Гулям
1973 Gornaya krasavitsa Togʻ goʻzali Saidmurodov
1974 Kuydirmagan kundosh Kuydirmagan kundosh A. Abdugafurov
1974 Krasavitsa Sohibjamol Jura Maxmudov
1974 Ashirboy Ashirboy Aali Tokombaev
1974 Prestuplenie bez nakazaniya Jazosiz jinoyat Rixsi Orifjonov
1974 Bunt nevestok Kelinlar qoʻzgʻoloni Said Axmad
1975 Orzigul Orzigul Tursun Sobirov
1975 Revizor Revizor N.V. Gogol
1975 Chelovek izdaleka Uzoqdagi odam Umaraxunov
1975 Stariki s molodimi dushami Koʻngli yosh qariyalar Xutaev
1975 Adolat Adolat Ismail Akram
1976 Ruka druga Doʻstim qoʻli Mexribon Nazarov
1976 Nikomu ne govori Hech kimga aytma T. Abdumomunov
1976 Shutnik Ali Masxaraboz Ali Babaxanov
1976 Sunduk sekretov Sirli sandiq Axmedov
1977 Perepolox pered svadboy Toʻy oldidan toʻpolon Papayan
1977 Urkuya Urquya Nasridin Baytemirov
1977 Nasledstvo otsov Otalar merosi A. Abdugafurov
1977 Jalost k jivotnomu Armonli jonivor Aali Tokombaev

Bundan tashqari, teatr sahnasida koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.[12]

Olgan mukofotlari[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  1. Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь" / гл. ред. Орузбаева Б.О. Академия Наук Киргизской ССР. — Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987. — С. 110. — 445 с. BBK 92ya2. (rus.)
  2. Таджихон Хасанова: Нар. артистка Киргиз. ССР / Ф.А. Литвинская. — Фрунзе: Киргизгосиздат, 1958. −20 s.: il.; 20 sm.
  3. Журнал "Театр", выпуски 7-12 / Союз писателей СССР, Министерство культуры СССР, Комитет по делам искусств СССР. — Москва: Искусство, 1964. — С. 169..
  4. "Ошский узбекский музыкальный драматический театр" / А. Абдугафуров. — Фрунзе: Кыргызстан, 1980. — С. 16, 23, 33, 35, 39. — 59 с. 21 sm, BBK 85.4. (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  5. "Видные сыновья Оша" / А. Абдугафуров. — Ош: Ошская областная типография, 2000. — С. 129-130. — 176 с. (oʻzb.) i (rus.)
  6. "Ошский академический театр" / А. Абдугафуров. — Ош: "Азия Принт", 2010. — С. 6, 41, 45. — 52 с. (oʻzb.)
  7. "Qirgʻiziston ravnaqi fidokorlari" энциклопедияси / Под рук. Жураева Б.Ж. (Абдугафуров А., Рахманов Д.Д. и др.). — Ош: "Ризван", 2017. — С. 30. — 336 с. — ISBN 978-9967-18-344-5 UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]