Rojdestvo


Rojdestvo (rus. — tugʻilish) (ruscha: Рождество Христово) yoki milod[1] — Isoning tugʻilishi bayrami — xristian dinining asosiy bayramlaridan biri. Iso tugʻilgan kun sharafiga cherkov joriy etgan. 25 dek.da (ayrim mamlakatlarda Yuliy kalendari boʻyicha, boshqalarida Grigoriy kalendari boʻyicha) nishonlanadi[2][3]. Rus, bolgar, serb va boshqa pravoslav cherkovlari Yuliy kalendaridan foydalanadi, bu kalendardagi 25 dek. Grigoriy kalendaridagi 7 yanvarga toʻgʻri keladi. Pravoslaviye anʼanasida 12 bayram jumlasiga kiradi[4].
Xristianlarda bu bayram Tugʻilish bayrami yoki Muborak tugʻilish deb bilinadi. Xristian mamlakatlarida Mavlud kuni duolar, paygʻambar shaʼniga madhiyalardan iborat sheʼrlar oʻqiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yigʻilishlari oʻtkaziladi[5].
Mavlud har yili dunyoning birqancha xristian davlatlari tarafidan 25-dekabr kuni boshlab 26-dekabr oqshomigacha nishonlanadi. 24-dekabr kunini esa Mavlud Arafasi deb atashadi. Birqancha davlatlarda esa Mavlud taʼtili Yangi yil taʼtili bilan birlashtiriladi va bir necha kun taʼtil qilinadi. Pravoslav mazhabi esa bu bayramni Yulian taqvimiga koʻra nishonlaydi. Julian taqvimida 25-dekabr 7-yanvarga teng keladi.
Mavlud Bayramida koʻpgina xristian oilalari archa daraxtini turli tuman chiroqlar, zarlar va oʻyinchoqlar bilan bezatadilar. Har yili Mavlud bayramidan oldin oilaning bolalari Santa Klausdan oʻzlari xohlagan sovgʻani olib kelishini tilab xat yozadilar. Ota-onalar uyda yasatilgan archa daraxtining tagiga bolalari uchun ular istagan sovgʻalarni qoʻyadilar. Bolalar esa u sovgʻalarni ular uhlayotgan vaqt Santa Klaus qoʻyib ketganiga ishonadilar.
Mavlud bayramida xristian oilalarida Mavlud yeguliklari pishiriladi. Xristian davlatlarining hammasida bu yeguliklari birbiridan farqli. Lekin ko'pincha Mavludda kurka pishiriladi. Dasturxon ustiga omela daraxtining yaproqlari toʻkiladi. Ovqatdan keyin Mavlud pudingi deb nomlangan shirinlik tortiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Узбекско-русский словарь, Ташкент, 1941 г., МИЛОД религ. рождение Иисуса, рождество христово; милоддан илгари до рождества христова. (s. 265)
- ↑ „The Global Religious Landscape | Christians“. Pew Research Center (18-dekabr 2012-yil). 10-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2014-yil.
- ↑ „Christmas Strongly Religious For Half in U.S. Who Celebrate It“. Gallup, Inc. (24-dekabr 2010-yil). 7-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2012-yil.
- ↑
„Rojdestvo“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (R-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
Qoʻshimcha
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bowler, Gerry, The World Encyclopedia of Christmas (October 2004: McClelland & Stewart). ISBN 978-0-7710-1535-9
- Bowler, Gerry, Santa Claus: A Biography (November 2007: McClelland & Stewart). ISBN 978-0-7710-1668-4
- Comfort, David, Just Say Noel: A History of Christmas from the Nativity to the Nineties (November 1995: Fireside). ISBN 978-0-684-80057-8
- Count, Earl W., 4000 Years of Christmas: A Gift from the Ages (November 1997: Ulysses Press). ISBN 978-1-56975-087-2
- Federer, William J., There Really Is a Santa Claus: The History of St. Nicholas & Christmas Holiday Traditions (December 2002: Amerisearch). ISBN 978-0-9653557-4-2
- Kelly, Joseph F., The Origins of Christmas (August 2004: Liturgical Press). ISBN 978-0-8146-2984-0
- Miles, Clement A., Christmas Customs and Traditions (1976: Dover Publications). ISBN 978-0-486-23354-3
- Nissenbaum, Stephen, The Battle for Christmas (1996; New York: Vintage Books, 1997). ISBN 0-679-74038-4
- Restad, Penne L.. Christmas in America: A History. New York: Oxford University Press, 1995. ISBN 978-0-19-509300-1.
- Rosenthal, Jim, St. Nicholas: A Closer Look at Christmas (July 2006: Nelson Reference). ISBN 1-4185-0407-6
- Sammons, Peter. The Birth of Christ. Glory to Glory Publications (UK), May 2006. ISBN 978-0-9551790-1-3.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Christmas: Its Origin and Associations, William Francis Dawson, 1902, Project Gutenberg.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |