Arbob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arbob (arab.– xoʻjayin, ega soʻzining koʻpligi) – 1) ijtimoiy-siyo-siy va boshqa faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obroʻ qozongan mashhur shaxslar – jamoat va davlat A.lari (mas, Alisher Navoiy); 2) fan va san’atda oʻz ijo-diy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar – fan va san’at A.lari (mas, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan A.lari – T. N. Qori-Niyoziy, O. Sodiqov, S. Yunusov, I. Moʻminov; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan san’at A.i – Nabi Gʻaniyev va hokazo). Oʻzbek amaliy san’atida ajoyib asarlari bilan mashhur boʻlgan talantli ustalar ham A. deb atalgan. Mas, xorazmlik taniqli me’mor, oʻymakor, naqqosh usta Roʻzimat Masharipov xalq orasida A. nomi bilan mashhur boʻlgan; 3) boshliq, rahbar, qishloq oqsoqoli; 4) 18-asr oʻrtasi – 20-asr boshlarida Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshligʻi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil